"Real"ning braziliyalik futbolchilari jarohat olishdi

Aslanov Jasurbek
9 nov 2024
Rodrigo va Eder Militaolar "Osasuna"ga qarshi bahsda jarohat olishdi.

LaLiganing 13-tur o'yini doirasida "Real" "Osasuna"ni qabul qildi.

Birinchi bo'lim davomida shikastlanishlar tufayli Rodrigo va Eder Militaolar almashtirildi.

Rodrigo maydonni tark etayotib chap oyog'ining sonini ushlab olgandi. 20 daqiqada uning o'rnini Braim Dias egalladi.

Eder Militao raqib jarima maydonchasi ichida to'p uchun kurashda shikastlandi. Braziliyalik maydonni zambilda tark etdi. Uning o'rniga Raul Asensio maydonga tushdi.

Eslatib o'tamiz, Militao va Rodrigo Braziliya terma jamoasining noyabrdagi o'yinlariga chaqiruv olgan edi.


Aslanov JasurbekMaqola muallifi
Qopqoq: championat.asia

Izohlar

Xojakbar Xaitov
10 nov 2024
Барса кучаймаган Реал озгина кучсизланга Худди Пахтакор кучсизланиб насаф чемпион булгани каби
Tulkin Alimov
10 nov 2024
Винига гап йўқ, Мессини бир мавсумда урган голини (91 та) футбол карераси давомида такрорлади)
Гайратжон Исмонов
10 nov 2024
Барса кучаймаса нимага уз майдонида еб куйди унда
Гайратжон Исмонов
10 nov 2024
4-0 1-3 даров эсингдан чикдими
Abdurasul Abdugopporov
9 nov 2024
Real kuchli o'ntalikka kirishga had qildi shekilik