Remsi ortiqcha vaznga ega bo'lishdan qo'rqishini tan oldi

“Yuventus”ning 29 yoshli yarim himoyachisi Aaron Rmesining aytishicha, u koronavirus pandemiyasi tufayli noma'lum muddatdagi to'xtatilgan Italiya A seriyasi bahslariga e'lon qilingan tanaffus tufayli ortiqcha vaznga ega bo'lishdan qo'rqishini tan oldi.

“Menga murabbiylarimiz jo'natgan fitnes dasturlar orqali muntazam mashg'ulotlar olib borayapman. Ammo bu jamoaviy mashg'ulot yoki futbol uchrashuvining o'rnini bosa olmaydi. Va siz bu jarayonlarsiz ortiqcha vaznga ega bo'lmasligingizga hech qanday kafolat yo'q. Turmush o'rtog'im uyda ovqatlarni tayyorlarshni xo'sh ko'radi, men esa tanovul qilishni. Bu juda yaxshi kombinaciya emas. Mashg'ulotlarga qaytgach, o'zimga nisbatan qattiqqo'lligim yanada oshadi, ammo hozir bunga amal qilish judayam qiyin..

Bir finjon qahva icha turib bolalarim uchun tayyorlangan shirinliklarning barini paqqos tushirishim mumkin. Ishonamanki, biz barchamiz avvalgi normal hayot tarzimizga tezda qaytamiz. Chunki bu taxlit yashash judayam qiyin”, deya Remsining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda The Sun.

Ilgariroq futbolchi o'zi tug'ilib o'sgan Uels uchun 26 ming evro insonparvarlik yordami ko'rsatganligi haqida xabarlar chiqqandi.


Manba: The Sun