Retkliff Manchester Yunayted uchun beshta transfer qoidasini joriy qildi

Khoja
30 may 2024
Manchester Yunayted rahbari Jim Retkliff klub uchun beshta transfer qoidasini joriy qildi, deb xabar beradi The Sun.

Manbaga ko'ra, ularning mohiyati quyidagicha:

1. Yangi transferlar uchun futbolchining yosh chegarasi 25 yosh.

2. Super yulduzlar bilan shartnoma imzolamaydi.

3. O'yin uslubini texnik direktor Jeyson Uilkox belgilaydi.

4. Murabbiydan aniq o'yinchi haqida emas, balki kuchaytirish kerak bo'lgan chiziq haqida so'raladi.

5. Rahbariyat murabbiyga har bir chiziq uchun uchtadan futbolchini tanlashni taklif qiladi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com