Rivaldo: "Yamal – "Barselona" uchun haqiqiy xazina"

Sherzod Nurmatov
7 feb 2025
"Barselona" sobiq futbolchisi Rivaldo kataloniyaliklar vingeri Lamin Yamalning o'yini haqida hayrat bilan gapirdi.

"Uni allaqachon 25 yoshda deb o'ylaysiz va katta tajribaga ega futbolchiday o'ynaydi. Kelgusi mavsumda u 10-raqamli futbolkani olishini aytishmoqda. Individualligi orqali tez orada Evropa va jahonning eng yaxshi futbolchisi nomiga nomzod bo'lishi shubhasiz.

Men unga qoyil qolaman, o'yin uslubini yaxshi ko'raman. U "Barselona" uchun haqiqiy xazina, bu yigit o'zi erishgan barcha yaxshiliklarga loyiqdir. Kamtar ekani ko'rinib turibdi, shon-shuhrat yoki pul uni boshini aylantirolmaydi. Men shunday mentalitetga ega bo'lgan futbolchilarni juda hurmat qilaman", – dedi Rivaldo.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Qopqoq: Sport.es

Izohlar

VodiySoft
7 feb
Messining muhlisi sifatida aytaman, Messi ham 17 yoshli paytida Lamin Yamaldek darajani ko'rsatmagan. Lamin Yamal Messidek maydonni ko'ra oladi, undek dribling qiladi, va Neymaega xos o'yin uslubi bor. Lamin Yamal katta ehtimol bilan Messi va Neymarning qorishmasi kabi katta futbolchiga aylanadi. Bu gap bilan Lamin Yamal Messidan zo'r demoqchi emasman. Lamin Yamal hali Messi darajasiga chiqishiga ancha qovun pishishi kerak. Lekin yoshga nisbatan olib qaralsa, Messi Lamin Yamal kabi foydali bo'lmagan 17 yoshida.
Jamshid Tursunov
7 feb
Realga muxlislik xalol Barsaga muxlislik xarom
Foziljon Rustamov
7 feb
Лекин Ривалдони узлари Бунёдкорни согдилар пул учун;)