"Roma" MYU hujumchisini qo'lga kiritishga yaqin

Sherzod Nurmatov
23 dek 2025
"Manchester Yunayted" hujumchisi Joshua Zirkzee faoliyatini Italiyada davom ettirish variantini ko'rib chiqmoqda.

Jurnalist Florian Plettenberg ma'lumotiga ko'ra, niderlandiyalik forvard "Roma" taklif qilayotgan sport loyihasini ijobiy baholamoqda.

Rim klubi 24 yoshli futbolchini taxminan 5 million evro evaziga ijaraga olishni, shuningdek, kelishuvga kelasi yozda 30 million evroga sotib olish bandini kiritishni rejalashtirmoqda. Tomonlar o'rtasida aloqalar davom etmoqda, ammo transfer bo'yicha yakuniy qaror hali qabul qilinmagan - "Manchester Yunayted" rahbariyati bitimga rozilik bermagan.

Qayd etilishicha, Zirkzeega qiziqish bildirayotganlar faqat "jalorossi" emas: futbolchiga boshqa Yevropa klublardan ham takliflar bor, bu esa vaziyat rivojiga ta’sir qilishi mumkin.

Hujumchining Angliya grandi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan. Zirkzee joriy mavsum Premer-liganing 10 o'yinida ishtirok etib, 1 ta gol urdi. Transfermarkt portali bahosiga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 25 million evroni tashkil etadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/plettigoal