Ronaldu vakili: "Krishtianu dunyodagi eng qimmat mashinani sotib olgani yo'q"

Aslanov Jasurbek
3 may 2019
"Yuventus" va Portugaliya terma jamoasi hujumchichi Krishtianu Ronalduning vakilining aytishicha, futbolchi narxi 16,7 mln. evro bo'lgan dunyodagi eng qimmat mashina Bugatti La Voiture Noire ni sotib olmagan.

"Bu ma'lumot haqiqatga to'g'ri kelmaydi. Ronaldu bu avtomobilni xarid qilmagan" - dedi 34 yoshli fovardning ishonchli vakili.

Eslatib o'tamiz, oldinroq Krishtianu Ronaldu Bugatti kompaniyasining faqat premium mijozlari ishtirok etadigan yashirin aukcionda La Voiture Noire mashinasini sotib olgani e'lon qilingan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: TMZ