Ronalduning Portugaliya terma jamoasidagi maqsadi ma'lum qilindi

Aziz Tukhtamuradov
29 dek 2023
Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines Krishtianu Ronaldu bilan bo'lgan suhbat haqida esladi.

"Krishtianu avval xech kim erisha olmagan natija - Portugaliya terma jamoasida 200 ta o'yin o'tkazishdek fantastik natijaga yaqin edi. Biz u bilan yuzma-yuz gaplashdik. Ammo uchrashuv tafsilotlarini to'liq oshkor eta olmayman.

Men undan terma jamoa safida 200 ta o'yin o'tkazish qiziq yoki qiziq emasligi haqida so'radim. U esa "Menga 250 ta o'yin ham qiziq" deb javob berdi", - dedi Martines. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Maisfutebol