Ro'ziqul Berdiev: "Nasaf" eng omadli mavsumini o'tkazdi"

Mirjalol Normatov
1 dec 2023
Coca Cola Superliganing 26-turi doirasida OKMK maydonidagi durangdan keyin "Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev fikrlarini bildirdi.




- O'yin jangovar o'tdi, maydonda haqiqiy jang bo'ldi. Ikkala jamoa ham g'alaba uchun maydonga tushgani ko'rinib turgandi. OKMK ham, biz ham g'alaba uchun loyiq o'yin ko'rsatdik. Bizda ham ko'plab vaziyatlar bo'ldi. Bugun ikkala o'yin ham durang bilan yakunlandi va biz uchun omadli bo'ldi. O'ylaymanki, "Nasaf" kumush medallarga loyiq edi. Qiyin bo'lishini bilsak-da, bugun biz natija uchun o'ynadik. Bugun jamoalarda engillik ko'rinmagan bo'lsa-da, jangovar o'yinni ko'rsatib bera olishdi.

- "Nasaf" bugun to'liq asosiy tarkibini o'ynatmadi. Siz ko'plab futbolchilarni OCHL o'yini uchun olib qo'ydingizmi yoki OCHL pley-offi uchun medallarni qurbon qilishga tayyormidingiz?

- Ko'p o'yin o'tkazdik, shu sababli doimo keyingi o'yinni ham hisobga olamiz. Tarkibda doimo rotaciya bo'lib turadi, asosan markaziy himoyada va hujum chizig'ida futbolchilarga dam berib turamiz. Chunki ushbu poziciyada bizda rotaciya uchun imkoniyatlarimiz bor. Oldingi o'yinda boshqalar o'ynagandi, shu sababli bugungi uchrashuvga boshqa futbolchilarni jalb qildik. Bilasiz, 3 kundan keyin og'ir o'yin o'tkazamiz va buni ham o'ylagandik.

- Oldingi matbuot anjumanlaridan birida Siz ushbu mavsum "Nasaf" uchun omadli o'tayotganini aytgandingiz. Shu fikringizda qolasizmi? "Nasaf" Sizning qo'l ostingizdagi eng yaxshi mavsumini o'tkazdimi?

- Albatta. Vice-chempionlik va ikkita kubokni qo'lga kiritish - biz uchun tarixda bo'lmagan holat. Buni takrorlash ham juda qiyin. Shu sababli hech shubhalanmasdan ushbu mavsum "Nasaf" uchun eng omadlisi bo'ldi deya olaman.

- O'tgan mavsum "Nasaf" so'nggi turda chempionlikni boy bergandi. Ushbu mavsumda "Nasaf"ga chempionlik uchun nima etishmadi deb o'ylaysiz?

- Bunga bir qancha sabablar bor. Ayniqsa, kerakli futbolchilarning jamoadan ketgani, legionerlar transferi omadsiz bo'lganini keltirish mumkin. Barqarorlik, mahorat etishmadi. Barchasini ko'rib chiqamiz.

- "Nasaf"ga ushbu mavsumda 5 ballik tizimda necha baho qo'yasiz?

- Besh baho qo'yaman.


Mirjalol NormatovMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

Bu shunchaki o'yin
2 dec 2023
Nasafda qilinadigan ishlar ko'p. Himoyaviy jamoaga qarshi o'yin taktik rejalarni takomillashtirish kerak. Oldin qarshi xujumda ideal o'ynalardi, hozir pozitsion xujumga urg'u berilyapdi. Buniyam kuchaytirish kerak. O'yinga yanada tezlik qo'shish kerak. Aytishga oson, lekin bu Berdiyevni qo'lidan keladi. Omad!
Sayfuddinovich86
1 dec 2023
Nasafga o'xshashi yo'q!!!!!
Bexa97
1 dec 2023
Shu ikkita kubok va OCHL pley off bosqichini hammasini biz Nasaf muhlislari Superliga chempionligiga almashgan bòlardik lekin
Холмирзаев Комил
1 dec 2023
РУЗИКУЛ ТУГРИ АЙТДИ НАСАФ УЧУН ОМАДЛИ МАВСУМ УЧТА СОВРИН ЮТДИ
Arxiv.uz
1 dec 2023
Насаф футболчиларига, тренерларга, клуб ходимларига каттакон рахмат!