Ro'ziqul Berdiev: "Zaxira hakami VAR ishlayapti dedi, bosh hakam esa o'chib qolganini aytayapti"

Narzulla Saydullayev
29 aug 2022
Superliganing 17-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Lokomotiv" (0:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.




O'yin haqida

Avvalo, O'zbekiston ahlini Mustaqillik bayrami bilan tabriklayman. Bugungi o'yinda raqib juda chuqur himoyalandi. Jamoamiz azolari gol urish uchun vaziyatlarga ega bo'lishdi, ammo foydalana olmadik. Raqib jamoada yangi murabbiy edi, uning o'yinga qanday uslub tanlashi bizga ham qiziqarli bo'ldi. Lekin, ular bir ochko uchun o'ynashini kutgandik. Shundan kelib chiqib harakat qildik, ko'rdingizlar "Lokomotiv" bugun chuqur himoyalandi.

- Birinchi bo'limda ayrim futbolchilarning o'yini chiqmadi. Masalan, Sharof Muhitdinov bugun o'ziga o'xshamadi...


- Ayrim futbolchilarning o'yini qovushmagani rost. Shu sababdan ham biz ularni zahiraga oldik. Ikkinchi bo'limda o'yinga qo'shilgan futbolchilar ham yaxshi harakat qilishdi, ammo baribir raqib darvozasini ishg'ol eta olmadik.

Shu o'rinda sizlar orqali bir fikrni aytmoqchi edim, bugun ayrim muxlislar bizga qarshi muxlislik ham qilishdi. Bu juda yomon xolat, aytish joiz bo'lsa xoinlik. Muxlis har doim o'z jamoasiga sodiq qolishi kerak. Agar kimnidir meni jamoada ekanim qoniqtirmayotgan bo'lsa, boshqa murabbiy kelib, natijalarni bundan yaxshilaydi deb hisoblasa, qo'l ko'tarib ketishga tayyormiz.

- Legionerlarning ham o'yini qovushmagandek ko'rindi...


- Ha, shunday bo'lishi mumkin. Jamoa yaxshi o'ynasa, legionerlar ham shunga mos o'ynaydi.

- Hakamning oldiga tushgan vaziyatingizga qanday izoh berasiz?


- Ha, men hakamning yoniga borib undan VAR tizimini ko'rishni talab qildim. Balki qo'pollik qilgandirman. Ammo, yordamchi hakam mening yonimga kelib VAR ishlayotgani haqida aytgandi. Keyinroq hakamning yoniga borib, VARni ko'rishni so'raganimda u 10 daqiqa avval VAR o'chib qolganini aytdi. Bu juda tushunarsiz xolat.

- O'tgan o'yindagi vaziyat uchun biz O'zPFL rahbari Diyor Imomxo'jaevga murojaat qildik. Ammo, berilgan javob shunaqa bo'ldi, "Nasaf" o'yindagi vaziyat uchun shikoyat yozmagan ekan. Bugungi o'yinda ham shu kabi xolat yuz berdi. Endi shikoyat arizasi yozasizlarmi?


- Shikoyat kiritsak, vaziyat uchun hakamning o'zi jazolanadi. O'yin natijasi o'zgarmaydi va buning "Nasaf"ga hech qanday foydasi yo'q.


Narzulla SaydullayevMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

Farhod Yusupov
29 aug 2022
Ман Насаф мухлиси сифатида айтаман хеч канака пеналти йук эди Насафга янги кон керак командадагилар футболчисиям тренериям усишдан ту́хтаган максадсиз одамлар.
Jek ldsp
29 aug 2022
Nasafni egasi bulib oganmi bu ketamanmush ketsang 150 milion oylikni qayerdan olasan , undan kura ishla uzingni ustingda 10 yil quloqqa tepib keldingla uyinchilarimiz ketib qolopdi deb mana ketmasayam xechnarsa uzgarmayapdiku yana qanday imkoniyat kerak chempion bulishga nima kerak uynasang ulasanlarmi zaybal uji ko'nib bumayapdi vapshe
Бахтийор Ашуров
29 aug 2022
Рўзиқул ғалатими? Аъриза ёзсак хакамга жазо қўлланади. Бизга фойдаси йўқ . Шу ҳам, гап бўлдими? Агар хақ бўлсангиз ўтган ўйинда аъриза киритганингизда бугун шу аҳволга тушмас эдингиз. Суфэ Сенларга - э. Булар ўзини ҳуқуқини билмайди. Яна хакамлардан айб излашади.
Scorpion1919
29 aug 2022
Oʻyinni qanchaga sotting toʻgʻrisini ayt, yoki tepadan vizov boʻldimi tekinga kelishdilaringmi. Lekin qanday kelishgan boʻlsang ham aytib qoʻyay oʻyin kelishilgani nagli bilinib qoldi
Evrofootbol
30 aug 2022
Banda naqadar noshukur a Roziqul aka piyozdan kompot qilib yuriptyu yana tanqid qilasilar a . Budjetga qarelar. Biz Andijondi oliy ligaga chiqib stabil oynatadigon murabbiy topomaytkanimizda Roziqul aka MAESTRO. BONUS: OCHL qanaqangi qiyin gruhdan chiqdilar hurmatli Qarshili muhlislar?