

Bugungi uchrashuv haqida
– O'tgan uchrashuvdagi mag'lubiyat bizga ta’sir qildi. Bugungi uchrashuvda g'alaba qozonishimiz kerak edi va buni udalladik.
– "So'g'diyona"ga qarshi o'yindan so'ng jamoada nimalar o'zgardiki, jamoa keyingi bahsda yirik hisobda g'alaba qozondi?
– Biz bugungi uchrashuvda yana mag'lub bo'lib, muxlislarimizni yana bir bor ranjitishga haqqimiz yo'q edi. O'tgan uchrashuvdan xulosalar chiqardik. "So'g'diyona" bizga qattiq zarba berdi. Endi yana g'alaba haqida o'ylashimiz va keyingi uchrashuvlar haqida o'ylashimiz kerak.
– Bu hafta Yevropada YCHL start oldi. Ispan klublarining ushbu musobaqadagi imkoniyatlarini qanday baholaysiz?
– "Barsa" va "Real" har doimgidek favoritlar qatorida. "Atletiko" ham ushbu musobaqada yaxshi ishtirok etib keladi. "Atletik Bilbao" esa o'z uyida yaxshi o'ynaydigan jamoa.



