Rudi Garsiya Belgiya termasining muhim futbolchilarini qaytarmoqchi

Mirjalol Normatov
25 jan 2025
Belgiya termasi bosh murabbiyi Rudi Garsiya milliy jamoaga muhim futbolchilarni qaytarish niyatida.

"Tibo Kurtua - dunyoning eng yaxshi darvozaboni, Belgiya futboli tarixidagi eng zo'r futbolchilardan biri. Uni tarkibda ko'rishni istayman. Undan ham bu borada yaxshi gaplar chiqmoqda.

De Bryuyne va Lukaku? Madrid, Manchester va Neapolga borib, ular bilan gaplashaman. Bizni top-termaga aylantiradigan futbolchilar bilan gaplashib olish kerak.

Katta futbolchilar bilan ishlash doimo oson bo'lgan deb hisoblayman. Ular bilan doimo ochiq bo'lish kerak", - dedi Garsiya.

Eslatib o'tamiz, Garsiya Belgiya termasi bosh murabbiyiga aylandi. U Domeniko Tedeskoning o'rnini egalladi. Domeniko Tedesko bunga qadar Kurtua, Lukaku va de Bryuyne bilan munozaraga borgani uchun ularni termaga chaqirmayotgandi.


Mirjalol NormatovMaqola muallifi
Muqova: Reuters

Izohlar

VodiySoft
25 jan
Shu murabbiy Al-Nasrni chempion qilishi mumkin edi, ammo, lekin, biroq... Al-Nasrga Ronalduni olib kelib qo'yishdi va sovrindan quruq qolishdi. Shundan so'ng bu murabbiyga chiqish eshiklarini ko'rsatishdi... Keyin esa Luish Kastroni olib kelishdi. U ham Ronaldu borligi uchun hech qanday sovrin yutolmadi. Luishni ham haydashdi. Hozir Piolini olib kelishdi Al-Nasrga va katta ehtimol bilan, u murabbiy ham Ronaldu bilan hech narsa yutolmaydiganga o'xshamoqda. xD