Saloh qachon faoliyatini yakunlash niyatida ekanligini aytdi

Khoja
28 may 2025
“Liverpul“ futbolchisi Muhammad Saloh qachon faoliyatini yakunlash niyatida ekanligi haqida fikr bildirdi.

“Menimcha, 39-40 yoshgacha futbol o'ynay olaman. Agar bundan ertaroq futbol bilan xayrlashishim kerakligini his qilsam, faoliyatimni bundan tezroq yakunlashim mumkin. Men futbolda ko'p narsaga erishdim deb o'ylayman“, - dedi Saloh.

Saloh yakunlangan mavsumda 52 ta uchrashuvda maydonga tushib, 34 ta gol urdi va 23 ta golga assist bo'ldi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com