Bir o'yin tarixi. Sarkisyan boshchiligidagi "Neftchi" Rivaldo etakchligidagi "Bunyodkor"ni mag'lub etgan kun

Iskandarov Abdulaziz
25 apr 2022
Bugun Superliganing 5-turida Yaypanda "Neftchi" va "Bunyodkor" jamoalari o'zaro to'qnash kelishadi.

Mana shu o'yin arafasida tarixdagi ajoyib o'yinlardan birini yodga olishga qaror qildik. 2008 yilgi O'zbekiston oliy ligasida "Bunyodkor" klubi chempion bo'lgan. O'sha mavsum "qaldirg'ochlar" 30ta turda faqat bir bor mag'lub bo'lishgandi. Ushbu mag'lubiyat 29-turda Farg'onada "Neftchi"dan qabul qilingandi. Bunga qadar poytaxt klubi muvaffaqiyatsizlikka uchramagan edi. Sarkisyan shogirdlari ushbu mavsum bronza medallariga ega chiqishgan.

Murabbiyning o'zi ushbu o'yinni quyidagicha eslaydi: "Bunyodkor" mavsumni mag'lubiyatsiz tugatishi kerak edi. O'yindan oldin ko'pchilikda turli shubhalar, fikrlar paydo bo'ldi. Futbolchilarga maydonga chiqib yutishimizni va ortiqcha gaplarga o'rin qoldirmaslikni takidladim",- deydi Yuriy Vazgenovich.

NEFTCHI - BUNYODKOR - 2:1 (2:0)
18.11.2008. 29-tur. Farg'ona. "Farg'ona" stadioni. 15001 tomoshabin.
Bosh hakam:
Hamidov Rustam.
Gollar: 1:0 - Ibragimov Aziz M, 18. 2:0 - Berdyev Anvar, 37. 2:1 - Rivaldo, 88
NEFTCHI: Hasanov G'ayrat; Usmonov Maksim; Hakimov Sherzod (Xoliqov Akmal, 90); Boqiev Umid; Alijonov Aziz; Jumaev G'ayrat (Shoimov Nasim, 58); Jo'ramurodov Azamat; Saidov Mansur; Berdiev Anvar; Muhiddinov Asqar; Ibragimov Aziz M. (Akramov Iqbol, 60)
BUNYODKOR: Bugalo Pavel; Gochguliev Gochguli; Luizao; Rivaldo; Ponomaryov Vyacheslav (Vilyanueva Xose Luis, 46); Xvostunov Aleksandr; Xasanov Jasur O.; Soliev Anvar (Karimov Xayrulla, 75); Karpenko Viktor (Baqoev Ulugbek, 64); Jo'raev Sahob; Jeparov Server
Ogohlantirishlar: Jo'raev Sahob, 15; Muhiddinov Askar, 30; Boqiev Umid, 55; Rivaldo, 67; Gochguliev Gochguli, 84; Karimov Xayrulla, 87
Chetlatish: Karimov Xayrulla, 90 (2SK) 


VIDEONI KO'RISH UCHUN HAVOLA


Iskandarov AbdulazizMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

Bavariya 2001
25 apr 2022
Ех уша уйинни жонли кургандим канча йиллар утиб кетибди тирбандлик чинорларга хам чикган одамлар булган
Косонсойчи1991FCRM_04
25 apr 2022
Косонсойчи тариха хакидахам езинглар илтимос
Izzatbek Abdurashidov
25 apr 2022
Ehhh o'wa damlar.... Stadion chimi "dala" bo'sayam atmosfera vaaapweee daxwat edi
Набижон Темиров
25 apr 2022
Ха ўша дамлар ГАРИК посбон эди...................,
Ibrohimov&UTD
25 apr 2022
Maksim Usmonov qaerda ekan xozir.