Sarvar Jo'raev: “Sho'rtan”ning o'yinini yaxshi bilaman”

Narzulla Saydullayev
7 may 2016
Ma'lumki oliy liganing 8-tur o'yinlariga start berildi. Ushbu turda G'uzorning “Sho'rtan” jamoasi Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasini qabul qiladi.

“Sug'diyona” jamoasi chap qanot himoyachisi Sarvar Jo'raev o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

- Yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Mashg'ulotlarni kuchaytirdik. Maqsadimiz faqat g'alaba va o'z o'rnimizni mustahkamlash. O'yinchilar ruhan tayyor. O'ylaymanki hammasi yaxshi bo'ladi.

- Ma'lumki siz faoliyatingiz davomida “Sho'rtan” jamoasida ham to'p tepgansiz. O'z jamoangizga qarshi o'ynash qiyinchilik tug'dirmiydimi?
- Hayajon yo'q. “Sho'rtan”ning o'yinini yaxshi bilaman va o'ylaymanki bugungi o'yinda menga osonroq bo'ladi. Chunki bu jamoani yaxshi o'rganganman.


Dildora Xolbaeva suhbatlashdi


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia