Menxengladbaxning "Borussiya" klubi himoyachisi Yannik Vestergor faoliyatini Angliyada davom ettiradi.
"Sautgempton" Vestergorni sotib oldi. 25 yoshli daniyalik "avliyolar" bilan 4 yillik shartnoma imzoladi. Ma'lum bo'lishicha, transfer 18 mln. funt evaziga amalga oshgan.