Sautgeyt Angliya terma jamoasiga Chiluell va Abraxamni chaqirdi

Alisher
5 okt 2021
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt jamoaga "Chelsi" himoyachisi Ben Chiluell va "Roma" forvardi Temmi Abraxamni taklif qildi.

Chiluell jarohat olgan jamoadoshi Ris Jeymsni almashtirdi. "Chelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxel oldinroq uning chaqirilishidan hayron qolganini aytgan edi.

Angliya JCH-2022 saralash bosqich doirasida Andorra va Vengriya terma jamoalari bilan o'ynaydi.


AlisherMuallif
Manba: BBC