Sefir Alibaev: "Nasaf"ga bo'lgan hurmati uchun Golban Qarshida qoldi"

Aslanov Jasurbek
7 yanv 2018
Bugun asli kelib chiqishi o'zbekistonlik bo'lgan futbol agenti Sefir Alibaev saytimizga uning mijozi Igor Golban "Nasaf" bilan bir yillik kelishuvga erishgani to'g'risida ma'lumot berdi.

"Golban o'zini "Nasaf"da yaxshi xis etdi. Unga "Krilya Sovetov"dan jiddiy taklif bo'layotgandi, ammo u Rossiya quyi divizionidan ko'ra, o'zgarishi kutilayotgan Superligada faoliyat olib borishni maqul ko'rdi. Agent uchun futbolchiga qayerda qulay bo'lsa, o'sha jamoa bilan muzokara olib borish muhim. Avvalo futbolchining "Nasaf"da qolishiga sabab u yerdagi sharoitlar bo'ldi. "Qo'qon-1912" orqali O'zbekistonda o'z o'rniga ega himoyachi mamlakatning top jamoasi safida ham ishonchni oqlagani quvonarli", - deydi "Tavriya" tarkibida Ukrainaning birinchi chempioni bo'lgan mutaxassis.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia