Evro-2024. Angliya ilk turda Jud Bellingemning goli evaziga Serbiyani mag'lub etdi

Alisher
17 jun 2024
Evro-2024 "C" guruh bosqich 1-tur doirasidagi Serbiya - Angliya o'yini bo'lib o'tdi.

Serbiya - Angliya 0:1

Gol: Jud Bellingem (13).

Serbiya: Raykovich, Milenkovich, Velkovich, Pavlovich, Gudel, Jivkovich, Milinkovich-Savich, Lukich, Kostich, Mitrovich, Vlaxovich.

Angliya: Pikford, Uolker, Stounz, Gexi, Tripper, Aleksander-Arnold, Rays, Bellingem, Foden, Saka, Keyn.



O'YIN YAKUNLANDI

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa vaqt qo'shib berildi.

89. Navbatdagi zarbani olisdan Milinkovich-Savich yo'lladi, noaniq...

86. Jud Bellingem maydonni tark etmoqda, uning o'rnini Meynu egallaydi.

86. Serbiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dragan Stoykovich hakam bilan bahslashgani uchun sariq kartochka olgani takroriy vaziyat orqali namoyish etildi.

82. Vlaxovich! "Yuventus" forvardining zarbasini Pikford qiyinchilik bilan bartaraf etdi.

77. Keyn! "Bavariya" forvardining bosh bilan bergan zarbasi darvoza to'siniga tegib qaytdi. Raykovich to'p yo'nalishiga tasir qilgandi, u ushbu vaziyat qahramoni!

76. Angliyada o'zgarish: Bouen Sakani almashtirdi.

75. Tadich Fodenga nisbatdan ishlatgani uchun foli uchun hakam tomonidan ogohlantirildi.

74. Serbiyada so'nggi o'zgarish: Birmanchevich Zivkovichni almashtirdi.

69. Angliya o'zgarish: Gallaxer Aleksandr-Arnoldni almashtirdi.

65. Tadichning harakatlaridan so'ng Yovich to'pni o'ziga o'nglay olmadi, "Milan" o'yinchisi darvozani ishg'ol qilish uchun qulay poziciyada edi.

61. Serbiya terma jamoasida ikki o'zgarish: Yovich va Tadich mos ravishda Mitrovich va Lukichni almashtirdi.

59. Angliya terma jamoasi jarima maydonchasi ichida Mitrovich yotibdi va penalti so'ramoqda. Orsato esa nuqtaga ishora qilmadi.

56. Trent jarima maydonchasi tashqarisidan darvoza tomon kuchli zarba yo'lladi, ammo Raykovich bu to'pni qiyinchiliksiz urib yubordi.

52. Serbiya ikkinchi taymni ancha hujumkor o'tkazmoqda. Angliya biroz karaxt holatda.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

- Bo'lim avvalida Serbiya safida Nemanya Gudelning o'rniga Ivan Ilich tushirildi.


BIRINCHI TAYM YAKUNLANDI

45. Orsato birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berdi.

43. Kostich jarohat olib maydonni tark etdi, uning o'rniga Mladenovich tushirildi.

42. Filip Kostich jarohat olganga o'xshaydi, u maydonda yotibdi va shifokorlar unga yordam ko'rsatishmoqda.

39. Jud Bellingemni juda ko'p yiqitishmoqda. Ilk ogohlantirish, Orsato uni "Sevilya" xavbeki Nemanya Gudelga ko'rsatdi.

33. Serblar goldan so'ng biroz oldinga siljishdi. Ammo, "qizillar" xavfli vaziyatlar yaratishga qiynalishmoqda.

25. Angliya ikkinchi golga juda yaqin keldi. Vlaxovichning xatosidan so'ng inglizlar hujumga o'tib ketishdi. Uokerning yakunda bergan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

23. Bu safar Deklan Rays xatoga yo'l qo'ydi. Vlaxovichning jarima maydonchasi tashqarisidan bergan zarbasiga raqib to'g'anoq bo'ldi.

20. Uxxx! Mitrovich hisobni tenglashtirishi mumkin edi! Trentning xatosi inglizlarga qimmat tushishga yaqin edi.

19. Trent Aleksandr-Arnold jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi, ammo uning zarbasi ancha noaniq chiqdi.

13. GOOOOL! Bellingem o'yinda hisobni ochdi! "Real" o'yinchisi Sakaning ajoyib harakatlaridan so'ng to'pni bosh bilan raqib darvozasiga joylab qo'ydi!

11. Ilk o'n daqiqada xavfli vaziyat sodir bo'lmadi, to'pga ko'proq inglizlar ega chiqishmoqda, ammo to'p doim ham jarima maydonchasi tomon bormayapti.

6. Hozircha jamoalar bir-birini o'rganmoqda, ustunlikni biror jamoaga berish noto'g'ri.

1. O'yin boshlandi!

- Ikki davlat madhiyalari yangramoqda.

- Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

- Salom! Bugun siz bilan birgalikda Evro-2024 "C" guruh bosqich 1-tur doirasidagi Serbiya - Angliya o'yinini kuzatib boramiz.


AlisherMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

Lion Camon
17 jun 2024
WARXLOVCHI UXLEPTIMI GUDEL 2-TAYM BOWIDA ILICHGA ALMAWTIRILDI
Абдуллох Пазилов
17 jun 2024
Ассалому алайкум
Botir Saidov -1975
17 jun 2024
Angliyaga omad
fc Surxon
17 jun 2024
Angliyada bunaqa sust oyinni kutmagandim. Deyarli pas berib o'tirdi vaqtni chozish uchun. grand jamoalar bunaqa sust oyinlarni kechirmaydi angliya bu ketishda ispaniya va germaniyaga bas kelishi noaniq kecha sal qoldi serbiya aqlini kiritib qo'yishiga. Yulduzli tarkib bunaqa o'ynamasligi kerak
Rasul Buxarbaev
16 jun 2024
Англия - состав дахшат! Сака гол!