Shakiri oradan 6 oy o'tib "Lion"ni tark etishi mumkin

Sherzod Nurmatov
30 dek 2021
Shveytsariyalikning jamoadagi ishlari yurishmayapti.

Xabarga ko'ra, "Lion"dagilar Jyerdan Shakirining o'yinidan qoniqishmayapti va yanvarda u bilan xayrlashishlari mumkin.

"Lion" 30 yoshli Shakirini yozda o'z safiga qo'shib olgandi. O'shanda "Liverpul" futbolchisining transferi uchun 6 million evro to'langan.

Yarim himoyachi joriy mavsumda "Lion" tarkibida 13 o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: L'Equipe