Shimoliy Irlandiyada penaltilar seriyasi orqali 44 ta zarba berildi

Sherzod Nurmatov
9 noya 2023
Shimoliy Irlandiya Liga Kubogi o'yinida futbol tarixidagi eng uzoq davom etgan penaltilar seriyasi o'tkazildi.

"Kolreyn" va "Ballimina" musobaqaning 1/8 finalida to'qnash kelishdi. Uchrashuvning asosiy vaqti durang bilan yakunlandi va penaltilar seriyasida "Kolreyn" futbolchilari aniqroq harakat qilishdi (18:17). O'yindan keyingi seriyada jamoalar 22 martadan zarba yo'llashdi.

"Goal" portalining xabar berishicha, bu uzoq davom etgan penaltilar seriyasi qatoridan joy olib, tarixga kirdi. Namibiya Kubogidan o'rin olgan "KK Pelas" – "Siviks" (48) hamda Angliya quyi divizioni doirasidagi "Vashington" –"Bedlington" (54) uchrashuvlarida 11 metrlik nuqtadan ko'proq zarba berilgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Telegraph