"Shlyapamni echaman". Myuller "Barselona"ni "Real"ga qarshi g'alaba bilan tabrikladi

Alisher
21 mar 2022
"Bavariya" hujumchisi Tomas Myuller "Barselona"ning La Liga 29-tur doirasida "Real" (4:0)ni yutgani bilan tabrikladi.

Kataloniyaliklar tarkibida Per-Emerik Obameyang dubl qayd etdi, Ronald Arauxo va Ferran Torres ham bittadan golga mualliflik qilishdi.

"Jonim bilan bu ajoyib shouni tomosha qildim. Shlyapamni echaman", - deb yozdi o'yinchi tvitter'da.

Takidlash kerakki, "Barselona" 12ta o'yindan beri yutqazmayapti.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/esmuellert_