Silvanus Nimeli rasman yangi klubga o'tdi

I.J.I
14 aug 2024
Futbolchi endi Ozarbayjon chempionatida faoliyat olib boradi.

"Surxon" klubi hujumchisi Silvanus Nimeli Ozarbayjonning "Sumqayit" klubiga o'tdi. Ozarbayjon klubi rasman ushbu transferni elon qildi. Klub Nimeli bilan 2 yillik shartnoma imzolagan. Bitimda kelishuvni yana bir yilga uzaytirish imkoniyati ham bor. Nimeli "Sumqayit" klubida 99-raqamda o'ynaydi. 

Hujumchi bu mavsum boshida jarohat olgach juda kam o'yinda maydonga tushdi. O'tgan mavsum futbolchi "Surxon" tarkibida 30 o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol va 7 ta assist qayd etgandi.

Eslatib o'tamiz, 25 yoshli Nimeli ushbu mavsum Superligada umumiy hisobda 106 daqiqa maydonda harakat qildi.


I.J.IMaqola muallifi
Qopqoq: https://www.instagram.com/sumqayitfc_official/

Izohlar

Jasurbek Isroilov
15 aug 2024
Брон клублармиз опколмадия савияли хужумчи эди
Dilmurod Umarov
15 aug 2024
Bekor ketkazishdida shu futbolchini,ancha-muncha hujumchilardan yaxshi o'yin ko'rsatardi