Simon Minole: “Chempionlikni maydonda nishonlashni xohlardim”

“Bryugge” posboni jamoasiga chempionlikka erishgani haqidagi xabar telefon orqali ma'lum qilingani haqida gapirdi.

“Biz SMS oldik. Keyin oilam bilan shampan vinosidan ichidik. Shu bilan bo'ldi. Ha, biz o'zimizni chempion sifatida his qilyapmiz. Buni g'alabadan so'ng maydonda nishonlashni xohlardik, albatta. Jamoadoshlar, muxlislar va klub vakillari bilan birga nishonlashni. Farqi ham shu. Biroq hozir turgan vaziyatimizni to'g'ri qabul qilishimiz kerak”, - deydi Minole.

Eslatib o'tamiz, Belgiya chempionati koronavirus sabab muddatidan avval yakuniga etdi. “Bryugge” esa chempion sifatida tan olindi.


Manba: The Times