

"Bu lanati penalti... O'shandan keyin nimalar ro'y berganini hisobga olgan holda, bu faoliyatimdagi eng yomon payt. Men o'zimga kelayotgan tanqidlarga qanday munosabat bildirishni bilmadim va o'zimni salbiy ta’sirdan chetga ololmadim. Lekin, endi hammasi ortda qoldi. Men o'sha penaltini tepishni so'ramagan edim. Men hech qachon zo'r penaltichi bo'lmaganman, lekin Italiya terma jamoasi mashg'ulotlarida ularni doim urganman, shu sabab menga imkon berishgan edi. Gol ura olmaganimdan keyin bir necha kun uxlay olmadim", - dedi Zaza.





