Sirdaryo viloyati 2-liga. 2-tur uchrashuvlari yakunlandi

Narzulla Saydullayev
9 avg 2021
6-8 avgust kunlari Sirdaryo viloyati 2-ligasining 1-davra 2-tur uchrashuvlari davom ettirildi.

Tur doirasida bo'lib o'tishi kutilgan “Istiqlol” hamda “Universitet GDU” bahsi musobaqa tartib intizom qoidalariga amal qilinmagani sababli universitet jamoasiga texnik mag'lubiyat yozildi.

Sirdaryo viloyati 2-liga 2-tur

06.08. “Boyovut Texno Klaster” – “Lochin” – 0:3
Gollar
: Diyorbek Soliev (43), Zafar Qoraqulov (66), Abduvosit Saidg'ulomov (75).

07.08. “Istiqlol” – “Universitet GDU” - + -

“Universitet GDU” jamoasiga texnik mag'lubiyat yozildi.

08.08. “Bo'rilar” – “Yangier FMM” – 4:3
Gollar:
Jashmid Xudoyberdiev (42,90), Xusan Safarov (60), Husniddin Astanaev (64) – Oybek Boboev (55), Javohir Mahmudov (59, pen,88).



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia