Skott Maktominey: "Hech narsadan qo'rqmayman"

Narzulla Saydullayev
26 fev 2018
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Skott Maktominey "Chelsi"ga qarshi o'yindan so'ng (2:1) o'z fikrlarini bildirdi.

"Men hech narsadan qo'rqmayman. Maydonga tushishni juda istayman va buning uchun borimni berayapman. Jamoada barcha chiziqlarda ajoyib futbolchilar bor. Har birimiz g'alabaga xissa qo'shdik. Gol o'tkazib yuborgach o'yinga qaytishga majbur bo'ldik. Ikkinchi taymda biz o'yinni nazorat qildik. O'z o'yinimdan zavq olayapman. APL va YCHLda doimiy o'ynash ajoyib", - deydi Maktominey VVS telekanaliga.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: bbc.com