Skott Maktomini: "Leyptsig"ni yutmasak, PSJ bilan o'yindagi g'alaba qadrini yo'qotadi"

Mirjalol Normatov
27 okt 2020
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Skott Maktomini YCHL doirasida "Leyptsig"ga qarshi o'yindan oldingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"G'alabalar jamoaga doimo yuqori kayfiyat taqdim qiladi. O'yindan o'yinga biz o'zimizga bo'lgan ishonchni oshirib bormoqdamiz. Bu ham bizning foydamizga.

Agarda "Leyptsig"ni yuta olmasak, chiroyli o'yin va PSJda qo'lga kiritilgan g'alabani eslashdan mano bo'lmaydi", - dedi Maktomini.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal