"So'g'diyona" Ivan Boshkovichga yaqindan yordam berish maqsadida chernogoriyalik mutaxassis Njegosh Petrovichni jalb qildi. U endilikda jizzaxliklar murabbiylar shtabida ishlaydi.
Petrovich bunga qadar faoliyati davomida "Titograd" U-15 va U-17 jamoalari, "Buduchnost", "Rudar", Chernogoriya U-21 terma jamoasi va "Suteska" jamoasida yordamchi murabbiy sifatida faoliyat olib borgan.
Uning so'nggi ish joyi Chernogoriya Premer-ligasi vakili "Jezero" jamoasi bo'lgan.
Izohlar