"So'g'diyona" O'zbekiston U-20 terma jamoasi a'zosi transferini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
13 yanv 2025
Yangi mavsum oldidan tarkibini mustahkamlashda davom etayotgan jamoa O'zbekiston terma jamoasi a'zosi, istedodli markaziy himoyachi Behruz Jumatovni safiga qo'shib oldi.

2026 yil oxirigacha mo'ljallangan shartnoma yosh futbolchi va klub uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.

Behruz Jumatov o'z faoliyatini "Olimpik" jamoasi safida davom ettirib kelayotgan edi. Yosh va istiqbolli himoyachi O'zbekiston U-17 va U-20 terma jamoalarida ham o'zini munosib ko'rsatgan. Uning milliy terma jamoalar safidagi dastlabki debyuti 2022 yilda O'zbekiston U-17 tarkibida boshlangan.

Avvalroq Sahob Rashidov "So'g'diyona" yig'inida qatnashayotgani haqida xabar bergan edik.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Сўғдиёна" матбуот хизмати