"So'g'diyona" yordamchi murabbiyi: "Keyingi mavsumga yaxshi tayyorgarlik ko'ramiz"

Narzulla Saydullayev
1 dec 2023
Coca-Cola Superliganing 26-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Surxon" uchrashuvidan so'ng mezbonlar murabbiyi Rade Petrovich matbuot anjumanida ishtirok etdi.


O'yin haqida

- Bugungi raqibimiz haqida yaxshi fikrlarni aytishim mumkin. "Surxon" juda yaxshi jamoa. Ular ikkita vaziyatdan ikkita gol urib ketishni uddalashdi. Bugun "So'g'diyona" tarkibida qator yosh futbolchilar harakat qilishdi.

Takidlash joiz, jamoamizning ayrim azolari Superligada debyut mavsumini o'tkazishmoqda. Navbatdagi mavsumga yaxshi tayyorgarlik ko'ramiz, yanada kuchli va raqobatbardosh jamoa shakllantirish ustida ishlaymiz.


Narzulla SaydullayevMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

Жамшид Абдусамадов
1 dec 2023
Вич лар купаймаса булди. Жасур Хасанов йуклиги нимадир булвоти командада негаки Жасур куп ишларни ёктирмиди