Suhrob Nurulloev: "Tavakkalga qo'l urganimiz samara berdi"

Оқил Абдубарноев
25 avg 2023
O'zbekiston Superkubogidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Nasaf" (1:2) uchrashuvidan keyin qarshiliklar futbolchisi Suhrob Nurulloev o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

"Hakamning yakuniy hushtak chalganidan keyingi xursandchiligimizning cheki yo'q. G'alabamizni Qashqadaryo ahli va jamoa muxlislariga bag'ishlaymiz. O'z darvozamizdan to'p o'tkazib yuborgach, bor kuchimiz bilan oldinga bordik. Chunki yo'qotadigan hech narsamiz yo'q edi. Tavakkalga qo'l urdik, biroq bu samara berdi. Bugun faqat va faqat g'alaba qozonish lozim edi va buni uddaladik", dedi "Nasaf" yarim himoyachisi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia