Superliga 6-tur tomoshabinlar tashrifi. Toshkent eng kam, Samarqand eng ko'p...

Iskandarov Abdulaziz
3 may 2022
Kecha "Paxtakor" - AGMK, "Qo'qon-1912" - "Nasaf" uchrashuvlari bilan Superliganing 6-turi yakunlandi.

Tur yakunlari bo'yicha fakt va ma'lumotlarni e'tiboringizga havola qilishni boshlaymiz. Diqqat markazida tomoshabinlar tashrifi. Quyidagi raqamlarga e'tibor berishingiz mumkin.


"Bunyodkor" - "Olimpik" 864 

"Dinamo" - "Neftchi" 4105

"Lokomotiv" - "Surxon" 681 

"Qizilqum" - "Navbahor" 1 430

"So'g'diyona" - "Metallurg" 2 066 

"Qo'qon-1912" - "Nasaf" 3 883 

"Paxtakor" - AGMK 1 538

Ushbu turda eng kam tomoshabin "Lokomotiv" - "Surxon" (681) hamda "Bunyodkor" - "Olimpik" (864) jamoalari uchrashuvlarida qayd etildi. Eng yaxshi ko'rsatkich esa Samarqandda "Dinamo" - "Neftchi" uchrashuvida bo'ldi (4 105). 6-turda umumiy hisobda 14 567 tomoshabin o'yinni bevosita stadiondan ko'rdi. Bu degani har bir o'yinga o'rtacha 2 081 nafar muxlis to'g'ri kelayotganini bildiradi. Kuni kecha ramazon oyi yakunlandi. Keyingi turlarda mazkur natija yanada yaxshilansa ajabmas.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia