

"So'g'diyona" – "Qo'qon-1912" 2:2
Toshkent viloyati. “Do'stlik” stadioni. 18:00
Hakamlar: Akobirxo'ja Shukurullaev, Alisher Usmonov, Avaz Abdullaev, Sardor Mirodilov
VAR: Firdavs Norsafarov
AVAR: Edita Mirobidova
Nazoratchi: Baxtiyor Tagaev
Komissar: Davron Ibrohimov
Gollar: Feysal Mulich 14, - 1:0 (Islom Qobilov). Lyupcho Doriev 40, - 2:0 (Javohir Qahramonov). Shohruh Gadoev 48, - 2:1. Shota Gvazava 88, - 2:2 (Javohir Sidiqov).
"So'g'diyona": 1.Shohruh Isoqov, 2.Zoir Jo'raboev, 3.Islom Qobilov, 4.Otabek Ahadov, 8.Suhrob Izzatov (42.Sardorbek Erkinov, 55), 9.Feysal Mulich (29.Amirbek Saidov, 84), 10.Javohir Qahramonov (7.Aleksandr Bolevich, 84), 14.Lyupcho Doriev, 32.Nodirjon Soyibov, 70.Jasurbek Jaloliddinov (11.Otabek Jo'raqo'ziev, 55), 77.Oybek Nurmatov (22.Abdulaziz Abdurashidov, 86).
Zaxira: 18.Nikola Mirkovich, 13.Filip Ivanovich, 17.Ollabergan Karimov, 21.Toxir To'xtasinov, .
"Qo'qon-1912": 1.Rustam Nartajiev, 4.Asliddin Toshtemirov, 6.Alisher Salimov (8.Shota Gvazava, 46), 9.Javohir Husanov (7.Javohir Sidiqov, 46), 10.Shohruh Gadoev, 11.Silvanus Nimeli (22.Toma Tabatadze, 66), 19.Shahzod Akramov, 20.Iqboljon Malikjonov, 21.G'ulom Haydar Gulyamov (99.Muhammadanas Hasanov, 66), 44.Andro Giorgadze, 69.Egor Kondratyuk.
Zaxira: 13.Azizxon Isaqov, 5.Jasurbek Yoqubov, 15.Zafar Hakimov, 18.Muhriddin Pazildinov, 30.Ibrohimjon Muxtorov, .
Ogohlantirishlar: Shohruh Isoqov 69, Feysal Mulich 74, Oybek Nurmatov 85, Toma Tabatadze 86
Ulug'bek Bakaev: "2:0dan keyin ikki gol o'tkazib, durang o'ynash - yoqimli emas"
- Himoya, yarim himoya va hujumda tartibli o'yin orqali boshlagandik. Barchasi yaxshi ketayotgandi, 2:0 hisobida oldinda edik.
Ikkinchi bo'limda esa, balki, futbolchilarning jismoniy holati pastlik qilgandir, durang o'ynadik. Bu yoqimli emas. Bugungi o'yin uchun yigitlarga rahmat aytaman. Endi navbatdagi uchrashuvga tayyorlanamiz.
- “So'g'diyona” birinchi bo'limda ko'p hujum qildi va katta kuch yo'qotdi. Jamoaning 2ta gol o'tkazib yuborishiga o'zgarishlar ham sababchi bo'lmadimi?
- Birinchi bo'limni biz ikkinchi bo'lim boshida o'tkazib yubordik. O'sha paytgacha xech qanday o'zgarishlar bo'lmagandi. Bunda Gadoevning ijrosini etirof etish lozim. Shu sababli bir nima deyish qiyin. Ikkinchi bo'limda esa biroz e'tiborsizlik sababli ikkinchi golni ham qo'yib yubordik. Achinarli, albatta. 2:0, shuncha kuch ishlatib 2:2… Yigitlar uchun ham afsusdaman.
- Bugun maydonga tushgan 11 nafar futbolchidan keyingi bahsda qanchasi tushmasligi mumkin? Zero bu oyda Superliga jamoalarida o'yinlar ko'p.
- Rotaciya doimo kerak. Barchasi futbolchilarning o'ziga bog'liq. Ko'p e'tiborni mashg'ulotlarga qaratish kerak. Barcha narsa bo'lishi mumkin. O'z navbatida rotaciya ham ehtimoldan xoli emas.

Andrey Shipilov: "Tanaffusda kiyim almashtirish xonasida erkakcha suhbat bo'ldi"
- Mana 5-turga ham keldik. Bu uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko'rdik. “So'g'diyona” murabbiylar shtabidagi o'zgarishlarni ham bilardik. Ulug'bek Bakaevning jamoalariga qarshi o'ynash doimo qiyin bo'lgan. Shuningdek, u bilan murabbiy sifatida yaxshi munosabat o'rnatganman.
To'liq birinchi bo'limni yomon o'tkazdik. Nega bunday bo'lganini ko'rib chiqamiz. Raqiblarga qoyil, ular birinchi bo'limda o'z imkoniyatlaridan foydalanishdi va ikkita gol urishdi. Ikkinchi bo'limda esa o'zgarishlar bo'lishi aniq edi. Tanaffusda kiyim almashtirish xonasida erkakcha suhbat bo'ldi. Yigitlarga muxlislarimiz qarshisida ikkinchi bo'limda ham bunday o'ynashga haqqimiz yo'q edi. Ikkinchi bo'limda 2ta gol urdik. Natijani adolatli deb hisoblayman. “So'g'diyona” ham biz ham g'alabani istagandik. Ikkala jamoa uchun ham durang qiziqarli emasdi. O'z navbatida durang ham jadvalda o'zgarish qilib bermaydi. Ketma ket uchinchi o'yin biz 2-bo'limda gol o'tkazib yubormadik. “So'g'diyona”ga, Ulug'bek Bakaevga va o'z navbatida o'zimizga ham keyingi o'yinlarda omad tilayman.

"Bunyodkor" – "Lokomotiv" 2:0
Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 19:00
Bosh hakam: Ahrol Risqullaev
Yordamchi hakamlar: Aleksandr Burov, Shavkat Rahmatov
Zaxira hakami: Umidjon Rahimjonov
VAR: Rustam Choriev
AVAR: Shohnur Yo'ldoshev
Nazoratchi: Bobur Haydarov
Komissar: Qudrat Madraimov
Gollar: 1:0 – 14, Boburbek Yo'ldoshev (Bilolxon Toshmirzaev), 2:0 – 44, Marko Bugarin
"Bunyodkor": 16.Federiko Botti, 4.Najmiddin Normurodov, 6.Boburbek Yo'ldoshev, 9.Matiya Krivokapich (47.Sadriddin Hasanov, 70), 15.Marko Bugarin, 18.Narimonjon Ahmadjonov, 21.Nosirjon Abdusalomov (11.Sardor Abdunabiev, 80), 23.Asadbek Rahimjonov, 28.Samandarjon Mavlonqulov, 66.Azizbek To'lqinbekov (10.AmirTo'raqulov, 90+3), 77.Bilolxon Toshmirzaev.
Zaxira: 1.Abdumavlon Abdujalilov, 13.Muhammad Hakimov, 17.Muzaffar Olijonov, 27.Islom Anvarov, 33.Eldor Naimov, 88.Mirkamol Annamatov.
"Lokomotiv": 1.Aleksey Kozlov, 9.Suhrob Nurulloev (71.Lazizbek Mirzaev, 80), 10.Shodiyor Shodiboev (8.Bilol Tupliev, 64), 11.Temurxo'ja Abduxoliqov, 14.Nikolay Ivanov, 15.Aleksandar Shushnyar, 18.Oleksandr Kucherenko, 23.Diyor Turopov (99.Muhriddin Zoirov, 90), 26.Abdulloh Yo'ldoshev, 33.Oleg Zoteev (22.Sunnatilla Poyonov, 64), 45.Yovan Nishich (70.Muhammadali Reimov, 64).
Zaxira: 12.Nikita Shevchenko, 5.Anzur Ismoilov, 7.Quvonchbek Abraev, 28.Shuhrat Muhammadiev
Ogohlantirishlar: Aleksandar Shushnyar (20), Matiya Krivokapich (40), Bilolxon Toshmirzaev (48), Samandarjon Mavlonqulov (57), Sardor Abdunabiev (83)
Ilyos Zeytullaev: "Urata jamoani tark etgan to'rtinchi futbolchi bo'ldi"
"Nima ham derdim. O'yin biz jamoa sifatida yashab o'tayotgan voqeiyliklarga o'xshadi. Qiyin vaziyatlarda bir-birini qo'llab-quvvatlash. Bugun ham natijaga shu orqali erishildi. Yigitlar bu haqda ko'p marotaba gapirdim. So'nggi to'rt oy davomida klub bilan ro'y berayotgan hodisalarga qaramay, men yigitlardan faxrlanaman", - dedi Ilyos Zeytullaev bahs yakunlangach.
- Kecha OAV Itsuki Urata jamoani bir necha oydan buyon maosh to'lanmayotganligi tufayli tark etgani ma'lum qilindi. Har bir o'yindan so'ng sizga moliyaviy holat haqida savol berilmoqda. Klubdagi ahvol futbolchilar jamoani tark etishga borayotganchalik og'irmi? Holat haqida batafsilroq ma'lumot bersangiz...
- Barchangiz nima bo'layotganini ko'rib turibsiz. Men esa murabbiy sifatidagi nazarim bilan bo'lishmoqchiman. Urata jamoani tark etgan to'rtinchi futbolchi. Dastlab jamoani Dilshod Ahmadaliev tark etdi. Keyin esa italiyalik tahlilchimiz. U hozir B Seriyaning "Padova" klubida ishlamoqda. Yaxshiyamki, tahlilchi jamoa bilan yaxshi kayfiyatda xayrlashdi. U jamoani tark etayotganidan afsusda edi, ammo hozirgi holatimizda boshqa echim yo'q. Martin Shroler ham shu sababli jamoani tark etdi. U FIFAga murojaat qilgan. Mana endi Urata jamoamizni tark etdi va FIFaga xat yozdi. Men jamoamdan xavotirdaman. Men bosh murabbiyman. Bunday jiddiy savollar, ayniqsa moliyaviy holatimiz bilan bog'liq savollarni rahbariyatga bersangiz to'g'riroq bo'ladi. Ular savolingizga batafsilroq javob bera olishadi. Bosh murabbiy sifatida esa bir nechta futbolchilar va xodimlar klubni tark etishini katta yo'qotish deb qabul qilaman. Har bir yo'qotish biz qurayotgan loyihaga ta’sir o'tkazadi. Bu bizning kasbimiz, axir. Biz qanchalik professional bo'lmaylik, to'rt oydan buyon maosh olmayotgan har bir inson o'zgaradi. Hammamizning oilamiz bor. Men murabbiy sifatida shu narsa haqida ko'p o'ylayapman va xavotirdaman. Rivaldo bilan bo'lgan holat qaytarilmasa bo'lgani deb o'tiribman. Bilmadim. Bu haqda rahbariyatdan so'raganingiz maqul.
- Navbatdagi 30 kun davomida Superligada 7ta tur o'yinlari o'tkaziladi. Bunday zich taqvim MTJning mundialdan oldingi yig'inlari sababchi bo'lmoqda. Demak, Superliga klublari aprel oyi davomida har to'rt kunda o'yin o'tkazadi. Bu o'ziga xos "Boxing day" klublarga qanchalik noqulayliklar keltirib chiqarishi mumkin? Jarohatlar ko'payib kyetishidan qo'rqmaysizmi? Bunday zich taqvimdan oldin futbolchilar jamoani tark etishi sizni ancha qiyin holatga tushirib qo'ysa kerak...
- Jurnalist sifatida bunday holatlarga e'tibor berib, bu haqda so'rab surishtirayotganingizdan xursandman. Bilasizmi, futbolimiz barcha jabhada rivojlanmoqda. Jurnalistlar o'z sohasida, biz murabbiylar esa o'z yo'limizda. Siz aytayotgan davr qiyin kechadi. O'zingiz bilasiz, ko'pchilik insonlar futbolchilar ko'p oylik olishadi va hokazo deb gapirishadi. Sizlar esa futbolchilarning nimalar o'tib kelayotganini bilasiz va bu haqda savol beryapsiz. Ertaga biz tiklanish mashg'ulotlarini olib borishimiz kerak. Bir necha kundan so'ng "Mashal" bilan o'ynaymiz. Bazada bir necha oydan buyon issiq suv yo'q. Professional jamoa uchun g'alati holat. Ertangi mashg'ulotni qanday o'tkazib olishimizni bilmayman, ochig'i. Bunday davr mobaynida o'yinchilar jarohat olishi mumkin.
Bilasizmi, xudo bizga yordam bermoqda. Biz bir jamoa bo'lib oldinga intilyapmiz. Ertaga bir amallab tiklanish mashg'ulotlarini o'tkazib olib, "Mashal"ga tayyorgarlik ko'rishni boshlaymiz. Kundan kunga xudo bizga yordam berishiga ishonishda davom etamiz.
- Dastlabki uch o'yinda Abdumavlon Abdujalilov asosiy tarkibdan o'rin oldi. So'nggi ikki uchrashuvda esa Federiko Botti maydonda harakatlanyapti. "Bunyodkor" kim asosiy darvozabon?
- Ikki darvozabonimiz shunchaki super. Bizda yana yosh Yusuf ham bor. Qishda italiyalik darvozabonlar murabbiyni jamoaga jalb etdim. U o'zbek futbolidagi darvozabonlarga yordam bera olishi mumkin. Federiko boshida qiynaldi. Futbolchilar bilan kommunikaciya qilishda. Darvozabon himoyachilarga ko'p ko'rsatma berishi kerak. Shu sababli Abdumavlon Federikoga yordam berdi. Abdumavlon shunchaki ajoyib inson. Hozir esa ikki darvozabon o'rtasida raqobat ketmoqda. Abdumavlon ham bugun asosiy tarkibdan joy olishga loyiq edi, ammo Xorazmdagi ishonchli o'yindan so'ng Bottiga yana imkoniyat bermasak bo'lmasdi. Botti chempionatimizda harakatlanayotgani futbolimizga foyda keltira oladi deb o'ylayman.
- Zamonaviy futbolda markaziy himoyachilarning o'rni qanchalik katta? Bugun ikki golga ham markaziy himoyachilar mualliflik qilishda. "So'g'diyona" - "Qo'qon-1912" bahsida ham himoyachi gol urdi. O'zbekiston milliy terma jamoasi safida ham himoyachi darvozani ishg'ol etdi...
- Futbol - davriy o'yin. Barchasi o'z o'rniga qaytadi. Zamonaviy futbolda katta balans. Hozirgi kunda yaxshi jamoalar pozicion himoyalana oladigan va shu vaqtdayoq yaxshi texnikaga ega bo'lishi kerak bo'lgan davrga keldik. Avvalgi himoyachilar bilan solishtirganimizda farq shunda. Hozir himoyachilar faqatgina himoyalanishni emas, balki oyoqda ham juda yaxshi o'ynay olishlari talab etilmoqda. Bobur Yo'ldoshev, Bugarinlar yaxshi o'ynashmoqda. Najmiddin so'nggi ikki mavsumda katta o'sishga erishdi. Sardor OKMKdan kelib bizni kuchaytirdi. To'lqinbekov va Narimon kabi yosh va iqtidorli futbolchilarimiz ham bor.
- Italiya ketma-ket uchinchi bor JCHga chiqa olmadi. Shu haqda nimalar deya olasiz?
- Ayolim italyan, o'g'lim esa yarim italyan va yarim o'zbek. Ertalab uyg'onganimda oilamdagilar juda xafa edi. Uyimizda ikki kundan buyon motam. Bu juda katta muammo. Italiyada ushbu muammoni muhokama qilishmoqda. Italiya futbol tarixiga ega mamlakat. Italiya o'zining ishonchli himoyasi bilan tanilgan edi. Nesta va Maldini kabi afsonaviy himoyachilar bor edi. Hozirgi kunda esa o'z principlaridan voz kechib, boshqa mamlakatlarning futbol falsafasini takrorlashga harakat qilishdi. Endi "uchinchi fojia"dan so'ng katta o'zgarishlar bo'lishi kutilmoqda. O'z vaqtida Belgiya va Germaniya futbolida shunday inqilob ro'y bergan. Paolo Maldini va Roberto Badjo kabi insonlarga quloq tutgan yaxshi deb o'ylayman. Sobiq futbolchilar ko'proq futbol haqida o'ylab, siyosiy masalalarni chetga surishadi. Faqatgina shunday yo'l tutilsa, yana yaxshi va iqtidorli avlod paydo bo'ladi.
- O'yinni tomosha qilmadingizmi?
- Men highlights ko'rdim. Bilasiz, televizorda Yevropadagi JCH saralash musobaqasini ko'rsatishmadi. Internetdan ko'rishga harakat qildim, yordamchilarim Markos va Aleks esa bazada birga ko'raylik degan taklif berishdi. Rostini aytaman, uxlab qoldim.

Mirko Yelichich: "Futbol - adolatsiz o'yin. Biz uchun natijadan ham muhim maqsadlar bor"
"Futbol - adolatsiz o'yin. 95 daqiqa davomida futbol o'ynab, ikkita standart vaziyatda oddiy gol o'tkazib yuborish alamli. Jamoam maydonda namoyish etgan o'yin menga yoqdi. Raqibni uch ochko bilan qutlayman. Bugun raqibimizning uslubi ish berdi", - deya fikr bildirdi Mirko Yelichich bahs yakunlangach.
- "Lokomotiv" ketma-ket ikkinchi mag'lubiyatga uchradi. Jamoaning mavsumning dastlabki uch turida qayd etgan natijasi tasodif edi, "Lokomotiv" endi o'zining haqiqiy o'rniga qaytdi degan fikrlarga qanchalik qo'shilasiz?
- Biz chempionatdagi har qanday raqibni mag'lub etishimiz mumkin. Shuningdek, har bir raqib ham bizni engish ehtimoli yo'q emas. Bizning maqsadimiz va yo'limiz boshqa. Biz har bir o'yinda qaysi jihatdan kuchliroq bo'lishimiz mumkinligi haqida o'ylab maydonga tushamiz. Menimcha, bugun unchalik yomon o'ynamadik. Futbol shunday o'yin. Ayrim vaziyatlarda rejalar o'xshamaydi qoladi. Statistikaga qarasangiz, bugungi o'yin kimning ustunligi ostida o'tganini ko'rasiz va savolingizga javob topa olasiz.
- Navbatdagi 30 kun davomida Superligada 7ta tur o'yinlari o'tkaziladi. Bunday zich taqvim MTJning mundialdan oldingi yig'inlari sababchi bo'lmoqda. Demak, Superliga klublari aprel oyi davomida har to'rt kunda o'yin o'tkazadi. Bu o'ziga xos "boxing day" klublarga qanchalik noqulayliklar keltirib chiqarishi mumkin? Jarohatlar ko'payib kyetishidan qo'rqmaysizmi?
- Aksincha, bu yaxshi. Biz yangi jamoa yig'dik. Tezroq dastlabki 5-6 o'yinimizni o'tkazib olib, maydonda bir-birimizni yaxshiroq tushuna boshlaymiz. Jamoa ancha shakllanib, barqaror bo'lib oladi. Jamoa barqarorlashib olganidan so'ng tarkibda o'zgarish qilsa ham bo'ladi. Har 4-5 kun ichida o'yin o'tkazish masalasiga keladigan bo'lsak. Bu siz o'ylayotgandek katta muammo emas. Shunchaki boshqacha reja bo'yicha tayyorgarlik olib borish kerak. Eng qulay echim bu sxemani o'zgartirish. Eng yaxshi progress o'yinda qayd etiladi. Jamoa ikki yoki uch hafta davomida mashg'ulot olib borishi mumkin, ammo maydondagi o'yin bilan tenglasha olmaydi. Eng yaxshi tayyorgarlik - o'yinda ishtirok etish. Men uchun bu aksincha yaxshi yangilik.
- O'tgan mavsumda Pro Liganing eng yaxshi to'purari bo'lgan Muhriddin Zoirov joriy mavsumda juda kam o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqda. Zoirov bugun so'nggi daqiqalarda maydonga tushdi va bunga qadar faqatgina "Mashal"ga qarshi o'yinda 12 daqiqa maydonda harakatlangandi. Zoirovga imkoniyat berilmayotganining sababi nimada? Men Zoirovni joriy yanada ko'proq gol urishini taxmin qilgandim, ammo hozircha maydonga tushayotgani ham yo'q...
- Men birinchi navbatda barqarorlik istayman. Temurxo'ja Abduholiqovning ajoyib formada ekanligi Zoirovning zarariga ishlamoqda. Men esa hozirgi holatda eng yaxshi sport formada bo'lib turgan futbolchini o'ynatishim kerak. Abduholiqovsiz qanday o'yin qurishimiz haqida ham o'ylashim kerak. Dastlabki 5 turda Abduholiqovdek o'yin namoyish etgan futbolchini zaxiraga olish mantiqsiz.
- Birinchi bo'lim so'ngida o'tkazib yuborilgan ikkinchi gol jamoangizga qanchalik ta’sir qildi?
- Taym so'ngida 1:0 hisobida rozi bo'lib qo'ygandek tuyuldi. Keyin esa gol o'tkazib yubordik. Goldan so'ng kayfiyat o'zgardi. Biz har bir o'yinda o'zimizning oldimizga qo'ygan maqsadlarimizga erishishga intilamiz. Tablodagi hisobdan tashqari boshqa maqsadlarimiz ham. O'yin sifatini yaxshilash, intensivlikni oshirish. Tabiiyki, natija muhim. Lekin biz uchun natijadan ham maqsadlar bor.
- O'zbekiston Kubogining guruh bosqichiga qur'a tashlash marosimi o'tkazildi. "Lokomotiv" joy olgan guruh haqida gapirib o'tsangiz?
- Har klub Kubok bahslariga eng maksimal natijani ko'zlaydi. Pro Liga klubimi yoki Birinchi Liga farqi yo'q. Kubok shunday musobaqa. Barcha jamoalarda imkoniyatlar teng bo'ladi va har qanday musobaqada g'olib bo'lishga intiladi.

Boburbek Yo'ldoshev: "Gollarni tasodif desak ham bo'ladi. Urataning qarorini hurmat qilamiz"
Temurxo'ja Abduxoliqov: "Moliyaviy muammo? Menimcha aybni o'zimizdan qidirishimiz kerak"
"Xorazm" – "Dinamo" 2:1
Urganch. “Xorazm” sport majmuasi. 18:00
Gol: Azizbek Pirmuhammadov (Rafael Sabino) 44’, Ravshanbek Yagudin avtogol 75’ – Til Mavretich (Anvar Hojimirzaev) 72’
Bosh hakam: Asker Najafaliev
Yordamchi hakamlar: Ruslan Serazitdinov, Baxtiyorxo'ja Shavkatov
Zaxira hakami: Feruzbek Hidoyatov
VAR: Jasur Muxtorov
AVAR: Nasibabonu Toshmuhammedova
Nazoratchi: Timur Galeev
Komissar: Diyor Xotamqulov
"Xorazm": 33.Nikola Stoshich, 5.Abbos Otaxonov, 8.Nodirbek Abduxoliqov (15.Diyorbek Ortiqboev, 74), 10.Yanis Leri (97.Bubakar Traore, 74), 13.Elzio Lohan (11.Danila Ejov, 90+5), 22.Sunnatulloh Hamidjonov, 25.Matiya Rom, 55.Azizbek Pirmuhammadov, 79.Azizjon Axrorov (17.Daniil Nugmanov, 90+3), 94.Rustam Abduhamidov (7.Temurbek Ismoilov, 74), 96.Rafael Sabino.
Zaxira: 1.Mashhur Muhammadjonov, 3.Ravshanbek Sultonov, 6.Shohjahon Sultonmurodov, 88.Abror Xo'sinov.
"Dinamo": 13.Ravshanbek Yagudin, 4.Nurillo To'xtasinov (97.Til Mavretich, 56), 5.Mahamadu Dembele, 6.Jahongir O'rozov, 8.Azizbek Amonov, 10.Anvar Hojimirzaev, 15.Rasul Yo'ldoshev (44.Kingsli Sarfo, 56), 20.Jaloliddin Jumaboev (99.Ulug'bek Hoshimov, 84), 21.Jahongir Abdusalomov, 22.Ulug'bek Abdullaev (7.Sanjar Qodirqulov, 64), 37.Firdavs Abdurahmonov (11.Xislat Xalilov, 56).
Zaxira: 1.Edem Nemanov, 16.Dramane Salou, 19.Mauro Brazil, 31.Salvador Sanches.
Ogohlantirishlar: Ulug'bek Abdullaev (35), Azizjon Axrorov (37), Jaloliddin Jumaboev (47), Elzio Lohan (85), Nikola Stoshich (90+4).
Sergey Tokov: "Pul olmayotgan futbolchining miyasida futbol bo'lmaydi"
- Og'ir o'yin bo'ldi, ayniqsa, ruhiy tomondan. O'tgan safar uyimizda mag'lub bo'lgandik, shu sababli bu safar bizda mag'lub bo'lish huquqi yo'q edi. Shuncha muxlis kelib qo'llab turar ekan, qanaqasiga yutqazishimiz kerak. Umuman olganda muxlislar sonining ortishi orqali o'zbek futboli ham rivojlanadi. Chunki muxlislarga to'la tribuna ostida futbol o'ynash futbolchilarga ham qiziq, ular ham o'sishga erishadi. Bu ham ruhan bosim berdi va bundan yigitlar ajoyib tarzda chiqib kyetishdi. Birinchi bo'limda nimalardir o'xshadi, nimalardir yo'q. Ikkinchi taymda esa futbol o'ynashga, himoyada tartibli bo'lishga harakat qildik.
Faqatgina bir xatoga yo'l qo'ydik. Gol o'tkazib yuborgandan keyin o'z vaziyatimizdan foydalandik. Bahs yakuni arafasida yana bir gol urishimiz mumkin edi. Muhimi - qiyin o'yinda g'alaba.
"Dinamo"ni yaxshi bilamiz, tarkibida o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan yaxshi futbolchilari bor jamoa. Kuchli jamoani mag'lub etish yanada yoqimliroq.
- Futbol shunday g'alati sport turiki, doim ham yaxshi o'ynab g'alaba qozonib bo'lmaydi.
- Bu erda gap yaxshi o'yinda emas. Bir jamoa doim ham hujuda o'ynay olmaydi. Ularning raqiblari ham o'yinga tayyorlanadi va jamoa sifatida o'ynaydi. Buni ham hisobga olish kerak. Aksincha, o'ziga vazifa qo'ygan futbolchilarni yoki terma a'zolarini taklif qilsak, keyin ulardan katta bosimni talab qilishimiz mumkin. Bu raqib juda kuchli edi. Birinchi bo'limni ular juda yaxshi o'tkazishdi. Ikkinchi bo'limda esa taktik tomonlama o'zgarishlar qilishdi: bizga hududlar ochib berib, qarshi hujumlarda o'ynashdi. Bizning rejamiz ishlagani ko'rindi. Asosiysi muxlislarga quvonch tuhfa qila oldik.
- Bugungi o'yinda o'zgarishlarni kech amalga oshirdingiz. O'tkazib yuborilgan golning sababi nimada?
- Kim biladi, balki ertaroq o'zgarish amalga oshirganimizda ikkita gol o'tkazib yuborardik. Agarda bunday bo'lsa, nimalar bo'lib kyetishini hech kim bilmaydi. Ko'rganingizdek hujumda futbolchilar charchagandan keyin to'p yo'qotishni boshlashdi. Shundan keyin o'zgarish qildik. Bu futbol. O'zgarishlar tezda o'yinga kirishib kyetishdi. Ular yaxshi vaziyatlar yaratishdi. Shunda ham vaziyatlardan foydalanish bizning og'riqli nuqtamiz bo'ldi. Ikkinchi golni urgan futbolchi esa o'yinga tushishi bilanoq darvozani ishg'ol qildi. Demak o'zgarishlarni topa oldik.
- Diyor Ortiqboevni asosiy tarkibda maydonga tushirmadingiz. Bu oldindan o'ylanganmidi?
- Bunday paytda, ha, atay uni maydonga tushirmay, g'alaba golini urishini bilgandek, deyishim ham mumkin. Holatdan, raqibning taktikasidan kelib chiqib, uni zaxirada qoldirgandik. O'yinda esa biz bundan foydalandik. Rotaciya doimo foydali bo'lgan. Jamoadagi raqobat borligi seziladi. O'z navbatida futbolchilar ham raqobatni his qilib turishlari va maydondagi joyi uchun kurashishlari kerak.
- Superliganing barcha jamoalariga 35 milliarddan pul berilishi haqida eshitgan bo'lsangiz kerak. Ayrim klublarning byudjeti bundan anchagina katta edi va ular bundan nolishdi. "Xorazm" kabi jamoalar uchun bu summa yaxshimi?
- Hozircha bu haqida gapirish juda qiyin. Klub rahbariyati, viloyat rahbarlariga rahmat aytaman. Ular biz uchun qanchadir pul ajratishdi, lekin buni bilmayman. Pullar tushib, futbolchilarga tarqatilgandan keyin bir nima deyish mumkin. "Dinamo", "Bunyodkor" kabi jamoalar 4 oydan buyon maosh olmayotganini eshitdim. Hozircha hech kimda pul yo'q. Biz esa bunday holatda emasmiz. Bizni yaxshi qo'llab-quvvatlashmoqda. Bu esa bugungi natijada ham ko'rindi. Bizda futbolchilar maosh olishmoqda, ularning kayfiyati yaxshi, ishlari o'ngidan kelmoqda. Maosh olmayotganlar esa miyasida futbol bo'lmaydi, ular oilasini o'ylaydi. Kimdir uyga pul to'laydi, kimdir kredit olgan, uyga ovqat olib kirish uchun pul topish kerak bo'ladi. Bu futbolchining maosh olishiga halaqit qiladi. Balki jamoalar pullarini qo'lga kiritgandan keyin bu muammolar bartaraf qilinishi mumkin.

Vadim Abramov: "Jamoada pul bo'lmas ekan, keyinchalik nimalar bo'lishini bilish ham qiyin"
- Nima ham derdim... "Xorazm" jamoasida g'alaba uchun ko'proq xohish bor edi va ular shu sababli g'alabaga erishishdi, deb o'ylayman. Bazida shunday o'yinlar ham bo'lib turadi, barchasi senga qarshi ishlaydi. Afsuski biz durangga loyiq bahsimizda ikkita gol o'tkazib yubordik. Ushbu g'alabani raqibga bermasligimiz kerak edi. Lekinn baribir gol o'tkazib yubordik. Shunday g'alati gollar o'tkazib yubordik, bugun omad "Xorazm" tomonida bo'ldi. Shuningdek, ularda istak-xohish yuqori bo'lgani uchun shunday o'yinni ko'rsata olishdi. Biz esa buni uddalay olmadik.
- Bugun darvozabonning qo'pol xatolari sababli jamoa mag'lub bo'ldi.
- Bu futbol. U barchasini nazorat qilib turibman deb, to'pni ushlaguncha hujumni boshlashni o'yladi. Afsus, bunday holatlar ham bo'lib turadi. Buning barchasi yuqori xohishdan deb o'ylayman.
- "Dinamo"da muammolar katta. Ushbu muammolar Prezidentimiz tomonidan amalga oshirilayotgan umumiy fonddan keyin bartaraf bo'larmikin?
- To'g'risi bu haqda men bilmayman. Mening ishim - jamoani shug'ullantirish. Fond haqidagi gaplar borasida bir nima deya olmayman. Jamoada pul bo'lmas ekan, keyinchalik nimalar bo'lishini bilish ham qiyin.
- Bilishimizcha, Dinamoga oylik maoshlar berilmayotganining 5-oyi boshlangan. Masalan, Xorazmda oylik maoshlar bo'yicha qarzdorlik yo'q, deyishdi. Aprel oyida esa jamoangizni ketma-ket yana 5ta muhim o'yin kutib turibdi. Bu holatda qiyin vaziyatdan qanday chiqib ketmoqchiciz?
- Bu holat haqida gapirish men uchun juda qiyin. Maydonga chiqish va o'ynashda davom etish kerak. Bizning boshqa ishimiz yo'q. Xatolarni ko'rib chiqishimiz kerak. Aytganingizdek, barchaning o'z muammolari bor. Klublarda nimalar bo'layotganini barcha bilib turibdi. Buni tariflash uchun so'zlar ham bor. Lekin buni hammaga aytib bo'lmaydi.

"Navbahor" – "Mashal" 2:1
Toshkent. “Olimpiya” stadioni. 19:00
Bosh hakam: Rustam Choriev
Yordamchi hakamlar: Abdulhamid Abduraimov, Jamshid Bakirov
Zaxira hakami: Nikita Mustafin
VAR: Rustam Lutfullin
AVAR: Sanjar Shoyusupov
Nazoratchi: Mamur Saidqosimov
Komissar: Vladimir Nazarov
Gollar: 1:0 – 37, Diyor Xolmatov (Muhammadali Usmonov), 2:0 – 42, Muhammadali Usmonov (Umar Adhamzoda), 2:1 – 61, Vlatko Stoyanovski
🟦"Navbahor": 1. O'tkir Yusupov, 2. Saidazamat Mirsaidov (70. Abbosjon G'ulomov, 90+3), 4. Islombek Mamatkazin, 7. Ruslanbek Jiyanov, 8. Diyor Xolmatov (20. Quvondiq Ro'ziev, 90+3), 9. Zabihillo O'rinboev (28. Kati Katulondi, 57), 10. Shohmalik Komilov (97. Aleks Nassimento Fernandes, 63), 13. Opeyemi Teidi Benjamin, 22. Umar Adhamzoda, 34. Giorgi Jgerenaya, 77. Muhammadali Usmonov (23. Vanya Ilich, 63)
Zaxira: 16. Shukron Yo'ldoshev, 3. Zafarbek Rahimjonov, 6. Shohruhbek Abdurahmonov, 18. Isoxon Musoxonov.
🟥"Mashal": 1. Azamat Soyibov, 7. Vlatko Stoyanovski (97. Avgustin Chidi Kvem, 80), 8. Sardor Abduraimov (18. Ilhomjon Abdig'aniev, 46), 10. Humoyun Murtozaev (13. Nuriddin Nuridinov, 70), 14. Abdul Rashid Abubakar (5. Samandar Ochilov, 70), 15. Muhammadali Aliqulov, 22. Nurjahon Muzaffarov, 34. Shahboz Jo'raev (28. Ergash Ismailov, 82), 37. Sherzod Fayziev, 45. Suhrobjon Parmonqulov (4. Asadbek Xabibullaev, 82), 69. Roman Xadjiev.
Zaxira: 35. Dostonbek To'xtaboev, 3. Asan Vaniev, 99. Viashima Rapayel Ayagva.
Ogohlantirishlar: Muhammadali Aliqulov (53), Abdul Rashid Abubakar (61), Shahboz Jo'raev (65), Islombek Mamatkazin (78), Kati Katulondi (90+4)
Timur Kapadze: "80% tarkibimiz yangi. Maydondagi o'yin PlayStation emas, faqat bir jamoa ustunlik qiladigan"
"Muxlislarni g'alaba bilan tabriklayman. Yaxshi o'yin bo'ldi. FIFA kunlari davomida yaxshi tayyorgarlik olib borgan edik. Oldinda qilishimiz kerak bo'lgan ishlar ko'p. "Mashal"ning vaziyatini tushunib turibmiz. Shu sabab bunday o'yin namoyish etdik. Birinchi bo'limda ayniqsa. "Mashal" ikkinchi bo'limda katta kuch bilan oldinga bordi. Shunda ham vaziyatlarimiz bor edi va faqatgina gol urish talab etilardi. Endi keyingi o'yinlarga tayyorgarlik ko'ramiz. Oldimizda "Andijon"ga qarshi o'yin kutib turibdi", - dedi Timur Kapadze bahs yakunlangach.
- Endigina beshta tur ortda qolganiga qaramay ko'plab futbolchilar "lazaret"ga tushib qolishdi. Oldinda hali "Boxing day" bor. Jarohatlanganlarning soni ko'pligidan xavotirdamisiz?
- Xavotirdamiz. Har bir futbolchi biz uchun yo'qotish. Kimdir qaytadi, kimdir yana davolanadi. Bor resurs bilan oldinga harakat qilyapmiz. Jarohatlar futbolning bir qismi. Barcha tezroq tuzalib, safga qaytishini istaymiz. Bu haqda ko'p gapirib o'tirishning hojati yo'q. Bunday holatlar murabbiy uchun bosh og'riq.
- Qishda transfer qilinib, pul to'lanib sotib olingan Vanya Ilich dastlabki ikki o'yinda asosiy tarkibda edi. "Buxoro"ga qarshi o'yindan so'ng esa asosiy tarkibdan tushib qoldi. Dastlab u qanotda o'ynadi, bugun esa hujumchi ortida harakatlandi. Ilichning o'yinidan ko'nglingiz to'lyaptimi? Braziliyalik Aleks Fernandes esa dastlabki o'yinlarda zaxirada qolib ketdi, ammo "Paxtakor" va "Qo'qon-1912"ga qarshi bahslarda asosiy tarkibda tushib, gol va assist qayd etdi. Shuningdek, Muhammadali Usmonov mavsum boshida zaxirada qolib ketayotgan edi. Biroq "Paxtakor"ga qarshi o'yinda asosiy tarkibda tushib, yaxshi o'yin ko'rsatdi. Keyin "Qo'qon-1912" bilan yana zaxirada qolib ketdi. Bugun esa o'yinning dastlabki daqiqalaridan maydonda boshlab, gol urdi. Hujumda ko'p rotaciya qilishingizga nima sabab bo'lmoqda? Ushbu futbolchilar namoyish etayotgan o'yindan qanchalik qoniqyapsiz?
- Biz yangi jamoamiz. Buni tushunishingiz kerak. Biz har bir futbolchini kuzatib boryapmiz. Mashg'ulotlarda ko'ramiz, kim o'zini qanday tutyapti. Rotaciya qilish imkoniyati borligidan xursandmiz. Barcha futbolchilar asosiy tarkibda o'ynashga munosib. Kimgadur vaqt kerak. Vanya "Dinamo"ga qarshi yaxshi o'ynadi. "Buxoro"ga qarshi esa o'yini chiqmadi. Shu sabab boshqa futbolchilarni maydonga tushirdim. Ular esa o'zini yaxshi ko'rsatdi. Shu sababli rotaciya qilib boryapman. Hozircha barqarorlik yo'q. Murabbiylar shtabi bilan barchani kuzatib boryapmiz. Kim qanday xarakterli, qanday echim topsa bo'ladi. Hujumdagi futbolchilarimiz ko'p va har biriga imkoniyat berib ko'rishimiz kerak. Muhammadali G'iyosov jarohatlangan. U safga qaytsa hali ko'p yordam beradi. Barchasi yangi jamoa bo'lganimiz uchun sodir bo'lyapti. Jamoa bir tonusga tushib olsa, kimdir asosiyda o'yinni boshlab, qolganlar esa ikkinchi bo'limda maydonga tushib o'yinni kuchaytiradigan bo'ladi. Men uchun maydondagi ko'rsatmalarni to'g'ri bajarishsa bo'ldi. Jamoa foydasiga harakat qilishi asosiy mezon. Kamchiliklar esa har o'yinda bor. Kamchiliklar ustida ishlasak, jamoa o'yindan o'yinga o'sib boradi. Jarohatlar ham o'ziga yarasha ta’sir qilmoqda.
- Hujumchilarni o'yin davomida almashtirish oson. Markaziy himoyachilar bilan rotaciya qilish esa biroz xavfliroq. Bugun Chichinadze o'ynamadi, ammo avvalgi to'rtta uchrashuvning barchasida to'liq harakatlangan edi. Giorgi Jerenaya bugun o'ynadi, ammo "Qo'qon-1912"ga qarshi bahsni o'tkazib yuborgandi. Islombek Mamatkazin esa bugun va "Qo'qon-1912"ga qarshi o'ynadi. Unga qadar esa o'yinlarda ishtirok etmagandi. Dilshod Komilov faqatgina "Dinamo"ga qarshi o'yinning so'nggi daqiqalarida maydonda tushirildi va shundan so'ng maydonga qaytmadi. Jamoada kimlar asosiy markaziy himoyachi?
- Dilshod Komilovning jarohati bor. U endigina jamoa mashg'ulotlariga qo'shilmoqda va hozircha individual tarzda mashg'ulot olib bormoqda. "Paxtakor"dan keyin esa uch nafar futbolchimiz jarohatlandi. Kati Katulondi, Giorgi Jerenaya va Saidazamat Mirsaidov. "Qo'qon-1912"ga qarshi o'yindan keyin esa Anri Chichinadze safdan chiqdi. Biz uchun yana bir sinov. Shu orqali boshqa futbolchilarga imkoniyat beramiz. Aytyapman-ku, jamoa hali yangi. Barchasi optimal darajaga kelib olguncha vaqt talab etiladi. Barcha jamoalarda holat shunday. Zaxira o'rindig'i qanchalik kuchli bo'lsa, jamoa shunchalik yaxshi deb bekorga aytishmaydi. Chempionat endi boshlandi. Oldinda o'yinlar ko'p. Eng muhim o'yinlar ikkinchi davrada kutib turibdi. Eng asosiysi har bir o'yinda maksimal tarzda harakat qilib, ko'proq ochko to'plashga harakat qilishimiz kerak.
- "Navbahor"ga barqarorlik yetishmayotgandek. "Buxoro"dan engilib, "Paxtakor" raqibga hech qanday imkoniyat bermay yutuqqa erishildi. "Qo'qon-1912"ga mag'lub bo'lib, bugun "Mashal" ustidan g'alaba qozonildi. Bunday natijalarga va barqarorlik yo'qligiga nima sabab bo'lmoqda?
Aytganimdek, biz yangi jamoamiz. Bir futbolchiga imkoniyat beryapmiz. U o'zini yaxshi ko'rsatmoqda va keyingi o'yinda kutilganidek o'ynamayapti. Shuning uchun rotaciya qilib boryapmiz. Jamoa hali shakllanib bormoqda. "Buxoro" bilan o'yinda mag'lubiyatga loyiq emas edik. O'yin bo'yicha eng kamida durang qayd etilishi kerak edi. Aslida durang ham bizni qoniqtirmaydi. Bitta standart vaziyat va raqib gol urdi. Ikki taym davomida ham raqibga bosim qilgandik. Qo'qonda esa umuman boshqacha holat bo'ldi. 1:0 hisobida oldinda edik. Penaltiga tortadigan bahsli vaziyat bo'ldi, ammo hakam o'yinni to'xtatmadi. Biz javob hujumida gol urdik va hisob 2:0 ko'rinishiga keldi. Shundan so'ng biz urgan gol bekor bo'ldi va darvozamizga 11 metrlik zarba belgilandi. 2:0 hisobida yutib turgan vaziyatda, raqib penaltidan gol urdi va hisob tenglashib ketdi. Raqib hissiyotlarga berilib, yana oldinga o'ta boshladi. Shunday qiyinchiliklarga duch kelyapmiz, lekin barchasi vaqtinchalik. Har bir muammoni tahlil qilib chiqyapmiz. Qayerda, qanday xato qildik, barchasini o'rganib chiqmoqdamiz. Keyingi safar yana shunday holatga tushsak, futbolchilar to'g'ri reakciya bildiradi. Bularning barchasiga sabab yangi tarkib yig'ilgan. 80% tarkibimiz yangi. Turkiyadagi yig'inlarni ham to'liq tarkibimiz bilan o'tkaza olmadik. Yanvarda MTJ yig'in o'tkazdi va bir nechta futbolchilarimiz jamoa bilan birga emas edi. Undan keyin esa 2-3ta legionerimiz safimizga kech qo'shildi. Mana shunday o'yinlar orqali futbolchilarni ko'rib boryapmiz. O'yindan o'yinga barchasi oydinlashib bormoqda. Nazarimda, turdan turga o'yinimiz yaxshilanib bormoqda. Shu orqali o'zimiz istayotgan mukammal o'yinni topamiz.
- Jamoaga gol kerak bo'lganda umuman boshqacha futbol ko'ryapmiz. Tablodagi hisob jamoani qoniqtirayotgan pallada esa o'yin sustlashib qolyapti va ustunlik raqib tomonga o'tmoqda. Buning sababi nimada?
- Bu insonga xos holat. Hisob bizga kerakli vaqti xotirjamlikka beriladi. Yana gol urib olamiz, degan xayollar bo'ladi. Ayniqsa 2:0 hisobi shunday. Ikkinchi bo'limda o'yinimizda uzilishlar bo'ldi. Aslida yana gol urishimiz kerak edi. Tanaffusdan so'ng "Mashal" "Vabank"ga qo'l urdi. Ko'pchilik bo'lib hujumga o'tib, havodan to'p uzatishni boshladi. Epizodlarni yutib chiqib, bitta gol ham urib olishdi. Biz qarshi hujumda yana gol urishimiz kerak edi. O'zi har bir o'yinda imkoniyatlarimiz bo'lmoqda. Ulardan foydalanishimiz kerak. Himoyada kamchiliklar bor. Asosiy ikki himoyachimiz jarohatda. Kamchiliklar yo'q emas. Har bir bahs bizga o'sish uchun poydevor bo'lmoqda. Qayerda kamchiligimiz borligini bilib olyapmiz. Futbolda pasayish va o'sish tez-tez kuzatilib turadi. Siz aytganingizdek, jamoa 90 daqiqa bir xil o'yin namoyish etishi kerak. Raqib jamoa borligini ham unutmasligimiz kerak. Maydondagi o'yin Playstation emas, faqat bir jamoa ustunlik qiladigan. Ikkinchi taymda ayrim futbolchilarimizning tomiri tortishib qoldi. FIFA kunlari tufayli o'yinlar orasidagi pauza katta bo'lgani uchun shunday bo'ldi. Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar o'yinga qo'shilib keta oldi. Birinchi bo'limda yaxshi o'ynagandik. Bugun g'alabani qiynalmasdan qo'lga kiritdik deya olaman.To'g'ri, ikkinchi bo'limda kichik epizodlarga asabiylashdik.
- "Mashal" dastlabki beshta turda 12ta sariq kartochka va 2ta qizil kartochka bilan jazolangan ekan. Butun o'yin davomida "Mashal" futbolchilari qo'pol o'yin namoyish etgandek taassurot uyg'ondi. Ayniqsa bir nechta qoidabuzarliklardan so'ng "Navbahor" futbolchilari jiddiy jarohat olishi mumkin edi. "Mashal" shunday o'yin namoyish etishidan xabardormidingiz?
- Raqib o'yinlarini ko'rib chiqqanman. "Lokomotiv" va "Andijon"ga qarshi o'yinlarda qizil kartochka oldi. Jamoa qo'pol o'yin namoyish etishi birinchi navbatda jamoaning zarariga ishlaydi. Har bir ogohlantirish va chetlatish futbolchining keyingi o'yinni o'tkazib yuborishiga olib keladi. Bu "Mashal"ning muammosi. Ayrim vaziyatlarda hakam qattiqqo'llik qilishi mumkin edi. Umuman olganda, bugun hakamlar o'yinni yaxshi boshqardi.
- Ketma-ket bir necha yildan buyon klub va terma jamoalarda ishlab keldingiz. Dastlab, OTJ va "Olimpik". Keyin esa milliy terma jamoa. Bir necha yildan buyon sizda umuman dam olish imkoniyati bo'lmagandi. Mart oyidagi FIFA kunlarini esa birinchi marotaba faqat klub bosh murabbiyi sifatida o'tkazdingiz. Klub hamda terma jamoani boshqarish bilan faqat klubda ishlash farqi qanday ekan? Balki bu safar ko'proq dam olgandirsiz yoki klub hech qachon ish to'xtamaydi degan ibora to'g'ri ekanmi?
- Klubda hech qachon ish to'xtamaydi. FIFA kunlarida jamoa tayyorgarlik ko'rib, nazorat o'yinlarida ishtirok etdi. Ayrim kunlari bir mahal, boshqa kunlari esa ikki mahal mashg'ulot olib bordik. Murabbiylar o'zi dam olmas ekan. Mavsum tugasa, keyingi mavsumga tayyorgarlikni boshlaymiz. Bu bizning ishimiz. Ishimizni yaxshi ko'ramiz. Klubda ishlash har kuni harakatda bo'lish degani. Qayerdadir o'zgarish qilasan, sinab ko'rasan va natijani kutasan. Bosh og'riqlari ko'p. Har bir raqibga qarshi har xil o'ynash kerak. Bir jamoaga qarshi pressing bilan, boshqasiga qarshi boshqacha. Bularning barchasi men uchun qiziq. Har bir raqib har xil o'ynaydi. Jamoani har bir raqibga qarshi tayyorlab borish va boshqa jihatlar. Ushbu jarayon meni va jamoani ham o'stirmoqda. Yutishimiz kerak, sxemani o'zgartiryapman. Murabbiylar shtabi bilan to'liq ishlab boryapmiz. Eng asosiy maqsadimiz muxlislarimizni xursand qilish.
- Zabihillo O'rinboevning holati haqida nimalar deya olasiz?
- Tez yordam mashinasi uni olib ketdi. Holati yaxshi deyishdi. MRT orqali qanchalik jiddiy jarohat olganini bilib olamiz.
- Oldinda 7ta tur uchrashuvlari bor va uchrashuvlarning orasi yaqin bo'lib qoldi. Shu haqda ham to'xtalib o'tsangiz.
- Bu faqatgina biz uchun emas-ku. Barcha jamoalar uchun shunday taqvim tuzilgan. Harakat qilamiz. Oldimizda "Andijon"ga qarshi "vodiy derbi"si bor. Biz uchun har bir o'yin muhim. Eng avvalo keyingi o'yinga tayyorgarlik ko'rib, uch ochkoni qo'lga kiritishimiz kerak. Har bir o'yinga maksimal yondashuv bilan chiqishimiz talab etiladi.
- "Navbahor"dan MTJga faqatgina O'tkir Yusupov chaqirildi. Boshqa futbolchilar bu safar tarkibdan tushib qoldi. Ushbu holatga izoh berib o'tsangiz...
- Ruslan Jiyanov va Qo'vondik Ro'ziev ro'yxatda bor edi, menimcha. MTJ tarkibiga faqatgina 23 nafar futbolchi kira oladi. Tanlov bo'lsa katta. MTJ murabbiylar shtabi barchani kuzatib, o'ziga kerakli futbolchilarni chaqirishgan. Ularda ham rotaciya qilish imkoniyatlari bor. Har bir futbolchi maksimal tarzda harakat qilib, MTJdan chaqiruv olishga intilishi kerak. MTJ murabbiylar shtabiga ham oson emas. Tanlov ko'p, ammo barchani chaqirib bo'lmaydi. Men ham bularni o'z boshimdan kechirganman. Uni chaqiraymi yo buni chaqiraymi deb o'tirasan. Nafaqat Ruslan Jiyanov, balki nomzodlar ham bor edi. Bu bosh murabbiyning qarori. Bugungi kunda eng munosib futbolchilarni chaqirdi. Balki qaysidir futbolchini ko'rib olmoqchi bo'lgandir. Jiyanovni tanishi mumkin va shu sababli yangi futbolchini chaqirib, unga imkoniyat berib ko'rishni o'ylagandir. Har bir futbolchi o'zini yaxshi ko'rsatsa, murabbiylar shtabining nazariga tushadi.
Otabek Narzullaev: "Xorijlik murabbiy bilan bunday yomon natija qayd etilayotgani yaxshi emas. Surov bazada davolanmoqda"
"O'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik va qiyin bo'lishini bilardik. "Navbahor" yaxshi futbolchilarga ega kuchli jamoa. Biz sxemani o'zgartirgandik. Shu tufayli birinchi taymda qiyinchilikka uchradik. Ayrim vaziyatlarda futbolchilarimiz qiynalishdi. Ayniqsa hujumga chiqishga. Shuning uchun dastlabki bo'lim biz uchun og'ir kechdi. Tanaffusdan keyin taktikamizga biroz o'zgartirish kiritdik. Keyin esa hujumkorroq o'ynadik va gol urishga erishdik. Harakat qilamiz o'yinimizni yaxshilashga. Hozirgi holatimiz yaxshi emas. O'tgan mavsumda ham shunday hodisa ro'y bergandi. Yakunda qiyin holatdan chiqib keta olgandik. Jamoada yaxshi futbolchilar to'plangan. Mag'lubiyatlar futbolchilarning ruhiyatiga ta’sir o'tkazmoqda. Ushbu jabhani yaxshilasak barchasi yaxshi bo'lib kyetishiga ishonaman. Yaxshi shakllangan jamoamiz. Hozircha kichik tushunmovchiliklar bo'lmoqda. Ushbu muammo yig'indagi holatimiz bilan bog'liq deb o'ylayman. Qishki yig'inlarimizning ikkinchi bosqichida juda ko'p narsani o'tkazib yubordik. Tayyorgarligimiz ko'ngildagidek bo'lmadi. Mavsumga to'g'ri va yaxshi tayyorgarlik ko'ra oldik deb o'ylamayman. Shuning uchun ham shunday muammolarga duch kelmoqdamiz. Bunday jarayondan o'tib olishimiz kerak. Jamoaga intensivlik kerak. Tezroq qarshi hujumlarga o'tishimiz kerak. Ushbu jihatni yaxshilab olsak, hozirgi holatimizni yaxshilab olamiz va qiyin ahvoldan chiqib keta olishimizga ishonaman", - dedi Otabek Narzullaev bahs yakunlangach.
- "Andijon"ga qarshi o'yindan so'ng Igor Surov vaziyatlarimiz bor, ammo gol ura olmayapmiz. Asosiy muammomiz shunda deb aytib o'tgan edi. Tabiiyki, "Mashal"ga "Navbahor" kabi kuchli raqiblarga qarshi o'ynaganida ko'plab vaziyatlarga ega bo'la olmaydi. Bugungi uchrashuvdagi xavfli vaziyatlardan foydalanishdan qanchalik ko'nlingiz to'ldi? Jamoa bugun joriy mavsumdagi ilk golini kiritishga muvofiq bo'ldi.
- Birinchi goldan xursandmiz, ammo bu ayanchli holat. Hujumchilarimizdan ko'proq gol urish va zarba berishni talab qilamiz. "Navbahor" bilan o'yinda ko'proq qarshi hujumlarga tayanishni reja qilgandik. Qarshi hujum orqali o'ynaganimiz uchun ayrim vaziyatlarda yigitlar bir-birini tushunmay qoldi. "Navbahor"dek jamoaga gol urish yaxshi.
- Bugun klub matbuot xizmati bosh murabbiy Igor Surov surunkali kasallik tufayli yana bir nechta o'yin davomida jamoaga yordam bera olmasligini e'lon qildi. Mart oyining boshida ham Surov bir nechta o'yinni o'tkazib yuborgan edi. Ushbu holat jamoaga qanchalik ta’sir qilmoqda?
- Ta’siri katta. Bosh murabbiy, baribir bosh murabbiy. Yordamchi murabbiy esa yordamchi murabbiy. Bosh murabbiy bo'lsagina futbolchilar o'z ishini yaxshilashga harakat qiladi. Surovning sog'ligida muammo bor. Andijondagi o'yindan so'ng jamoa samolyotda ortga qaytgan bo'lsa, Surovni taksida ortga jo'natib yubordik. Kutilmaganda qon bosimi bilan bog'liq muammo bo'lgani uchun uni taksida jo'natdik. Surov jamoa bilan birga, bazada davolanmoqda. Yakuniy qarorni esa rahbariyat qabul qiladi. Kim bosh murabbiy bo'lishi yoki kim yordamchi bo'lishini bilmaymiz. Agar sog'ligi yaxshi bo'lsa balki qaytar. Balki rahbariyat javob berar. Hozir jamoaning natijalari ham yaxshi emas. Agar mahalliy yoki yosh murabbiy shunday natija qayd etganida, bunday holatni to'g'ri qabul qilsak bo'lar edi. Biroq xorijlik murabbiy bilan bunday yomon natija qayd etilishi yaxshi emas. Rahbariyat bu haqda o'ylab ko'rsa kerak.
- Humoyun Murtazoev ikkinchi bo'limda zaxiraga olinganida yuzida ikki manoli tabassum bor edi. Murtazoev almashtirilgach, zaxira o'rindig'ida o'tirmay darhol kiyinish xonasida yo'l oldi. Murtazoev zaxiraga olinganidan norozi bo'ldimi?
- Humoyun keyingi o'yinlarga kerak bo'ladi. Biz har bir o'yinga alohida reja tuzamiz va har bir futbolchi qancha vaqt o'ynashi belgilangan. Uni keyingi o'yinga asradik. Murtazoev bugun ko'p kuch yo'qotdi. Fel-atvori yaxshi futbolchi, hech qachon murabbiy so'zini ikki qilmagan. Maydondagi va maydondan tashqaridagi haqiqiy sardor.
- Bugun "Mashal" tarkibida debyutantlar bo'ldi. Asosan U21 tarkibida to'p tepadigan va hali asosiy jamoada debyut qilmagan futbolchilarni maydonga tashladingiz. Bugun debyutantlardan qoniqdingizmi?
- Avvalambor, bu yaxshi holat. Hech bir murabbiy bunday katta o'yinlarda yoshlarga imkoniyat bermaydi. Men ko'proq yoshlarni o'ynatishni yaxshi ko'raman. Bu futbol, kim tezroq va yaxshiroq o'ynasa, o'sha tarkibdan joy oldi. Yosh yoki tajribasi yo'q deb o'tirmayman. U21 ham katta futbol hisoblanadi. Suhrob Parmonqulov yaxshi harakat qildi. Uning o'yinidan qoniqdim. Keyingi turlarda yana o'rinbosarlar jamoasidan futbolchilarni jalb etamiz. Yoshlarga imkoniyat berish kerak. Ular ham o'ynashi kerak-ku.
- Avvalgi to'rt o'yinda Dostonbek To'xtaboev darvozani qo'riqlagandi. Bugun esa Azamat Soyibov debyut o'yinini o'tkazdi. Darvozabonlar o'rtasidagi raqobat haqida gapirib o'tsangiz…
Bu raqobat. Doston to'rtta o'yinda o'tkazib yuborgan gollarining barchasida jamoaviy xatolar bo'lgan. Posbon yoki faqatgina himoyachilarning xatosi emas. Butun jamoa o'sha vaziyatda yaxshi o'ynamagan. Gol o'tkazib yuborilsa, murabbiylar shtabi ham xatoga yo'l qo'ygan hisoblanadi. Dostonga biroz dam berdik. Ruhiy tomondan tiklanib olishi kerak. Har bir o'yinchi men uchun kerakli. Oldinda har uch-to'rt kunda o'ynashimiz kerak bo'ladi.
- "Mashal" Superliganing dastlabki besh o'yinida 12ta sariq va 2ta qizil kartochka bilan jazolandi. Bugungi uchrashuvda ham futbolchilar juda berilib va biroz qo'polroq o'ynagandek. Ayrim to'qnashuvlardan so'ng "Navbahor" futbolchilari jiddiy jarohat olishi mumkin edi. Futbolchilarni disciplinar jihatdan biroz tinchlantirib qo'yish kerak emasmi?
Fikringizga qo'shilaman. Bu holat disciplina bilan bog'liq. Futbolchilar ketma-ket o'yinlarda mag'lub bo'laversa, kayfiyatga ta’sir o'tkazadi. Koncentraciya yo'qoladi. Biz aytganimiz bilan foydasi yo'q. Futbolchilar maydondagi "jangchi" bo'lishi kerak. Sariq va qizil kartochka olayotgan futbolchilar maydonda kurashayotgan bo'ladi. Bunday holatlarda biz qarshi emasmiz. Bizga "jangchi"lar kerak. Jamoaning o'yini chiqmasa ham shunday agressiv futbol orqali natijani qo'lga kiritish mumkin. O'yinda ko'p kurashlar bo'ladi va shunday vaziyatlarda sariq va qizil kartochkalar ko'rsatilishi mumkin.
"Nasaf" – "Andijon" 1:0
03 aprel 2026 yil. Samarqand, "Dinamo" stadioni. 20:15
Hakamlar: Ilgiz Tantashev, Andrey Sapenko, Timur Gaynullin, Jahongir Noraliev
VAR: Ibrohim Ismoilov
AVAR: Akmal G'iyosov
Nazoratchi: Aleksandr Popov
Komissar: Bekzod Aripov.
Gol: Murodbek Rahmatov 77, - 1:0 (Zafarbek Abdirahmatov).
❤️ "Nasaf": 1.Abduvohid Ne'matov, 2.Alibek Davronov, 5.G'olib G'aybullaev, 6.Sardor Bahromov, 7.Adenis Shala (10.Bobir Abdixoliqov, 65), 8.Zafarmurod Abdiraxmatov, 14.Sharof Muhitdinov, 15.Oybek Rustamov, 17.Murod Rahmatov, 27.Yashnarbek Berdirahmonov (22.Diyor Abdunazarov, 86), 92.Umar Eshmurodov.
Zaxira: 21.Samandar Muratbaev, 4.Akramjon Komilov, 20.Yusuf Otubanjo, 23.Dilshod Murtozaev, 32.Quvonch Xushvaqtov, 33.Bahodir Xalilov, 76.Zafar Sadullaev.
🤍 "Andijon": 35.Rahimjon Davronov, 4.Igor Golban, 6.Aleksandre Andronikashvili, 8.Jamshid Boltaboev (19.Sayfiddin Sodiqov, 82), 9.Imeda Ashortia (18.Damir Temirov, 82), 10.Dragan Cheran (7.Po'latxo'ja Xoldorxonov, 70), 15.Nemanya Chalasan, 17.Azizbek Turg'unboev (11.Humoyunmirzo Iminov, 82), 20.Islom To'xtaxo'jaev, 27.Martin Boake (22.Usmonali Ismonaliev, 82), 77.Mahmudjon Mahamadjonov.
Zaxira: 1.Eldor Adhamov, 2.Odilbek Abdumajidov, 3.Ibrohim Yo'ldoshev, 14.Abdurahmon Komilov, .
🟨 Ogohlantirishlar: Islom To'xtaxo'jaev 15, Humoyunmirzo Iminov 87.
Ro'ziqul Berdiev: "Jamoaviy o'yinni shakllantirishga urg'u berdik"
- O'yin haqida fikringiz?
- Yigitlar maydonda sifatli va tartibli bo'lishga harakat qilishdi. Bugun maydonga tushgan barcha ko'p mehnat qildi. Shuning evaziga ishonchli g'alabaga erishdik. Raqib bizga asosan standart vaziyatlar orqali qiyinchilik tug'dirdi, lekin pozicion va qarshi hujumlarda biz mazmunli ko'rindik. G'alaba juda yoqimli, ushbu yutuq bilan uzoq yo'l bosib kelgan muxlislarimizni, klubimiz vakillarini hamda rahbariyatni tabriklayman.
- Murodbek Rahmatov haqida yarim hazil, yarim chin savol bermoqchiman. Adashmasam, bugun Murodbek "Nasaf" libosida 8-golini urdi. U gol urgan o'yinlarda "Nasaf" etti bor g'alaba qozonib, bir marta durang qayd etgan ekan. Bu degani Murodbek Rahmatov bundan keyin jamoaning asosiy hujumchisi bo'lib qoladimi? Uning qanchalik yuksalayotgani haqida gapirib o'tsangiz.
- To'g'risini aytsam, statistikani kuzatib borishingiz menga qiziq tuyuldi. Men bu haqda bilmas ekanman. Murodbek universal futbolchi. U hujumda, yarim himoyada, qanotlarda, kerak bo'lsa qanot himoyachisi sifatida ham o'ynay oladi. Umuman har qanday poziciyada jamoaga yordami tegadi. Murod bugun g'alaba keltiruvchi golni urdi, faqat o'yin oxirlarida toliqib qolgani oxirgi bir hafta umumiy guruhda shug'ullanmagani ta’sir qildi. Bundan tashqari, Alibek Davronov, G'olib G'aybullaevda jarohat borligi sabab ularni oxirgi nazorat bahsida maydonga tushirmadik. Aytib o'tganimdek, Murodning universalligi biz uchun juda muhim. U asosiy tarkib futbolchisi sifatida ko'p mehnat qilyapti, bu yoshda hali ko'p tajriba orttirib, jamoa yetakchisiga aylanishi kerak.
- Mavsum avvalida, qishki yig'in paytida "Nasaf" haqida har xil gaplarni eshitdik. Ko'p futbolchilar jamoani tark etdi. Shunga qaramay dastlabki besh turda jamoangiz 10 ochko to'pladi. Hatto "Surxon" bilan o'yindan keyin ham tanqidiy fikr yangradi. Yaqinda nihoyasiga etgan FIFA kunlari sizga va jamoaga qanday ta’sir qildi?
- Endi tanqidiy gaplar har doim bo'lgan. Lekin bunga ko'p e'tibor bermaymiz va jamoani shakllantirish ustida ishlaymiz. O'n nafarga yaqin futbolchi jamoamizni tark etgach, turli gap-so'zlar yangradi, shunga qaramay ishlashda davom etyapmiz, chunki klub o'z mavqeini saqlab qolishi kerak. O'z imkoniyatimizdan kelib chiqib jamoaviy o'yinni shakllantirishga urg'u berdik. Agar jamoaviy o'yin yaxshi yo'lga qo'yilsa va futbolchilarni tartibga o'rgatsak, bu natija berishini bilamiz. Maqsadlarimizdan yana biri - yoshlarning tajribasini oshirish. Bugungi o'yinimiz tahsinga loyiq deb o'ylayman. "Surxon"ga nima uchun yutqazganimizni futbolchilar yaxshi biladi, biz bu haqda gaplashib oldik. Har bir o'yinda chiroyli futbol va natija uchun maydonga chiqamiz.
Samvel Babayan: "Hisob o'yinga mos bo'lmadi"
- O'yin haqida fikringiz?
- Bugun milliy chempionatdagi 5-turni o'tkazdik. Afsuski, yutqazib qo'ydik. Hisob o'yinga mos bo'lmadi. Bazi vaziyatlarda "Nasaf" to'p bilan ko'proq muomala qilgan bo'lsa-da, deyarli xavfli vaziyat yarata olmadi. Biz uchun bu alamli mag'lubiyat bo'ldi. Bir vaziyatda tezkor hujumni o'tkazib, buning natijasida gol o'tkazdik.
Raqib tezkor hujumlarda yaxshi harakat qilishini bilardik, ayniqsa standartdan so'ng darvozabon to'pni o'yinga kiritsa. Bitta xato golga olib keldi. Xatoga yo'l qo'ydik va mag'lub bo'ldik. Yangi jamoa tuzayotganda bunday mag'lubiyat alam qiladi. Futbolchilar ruhiyatiga ham qattiq ta’sir o'tkazadi. Albatta, xatolarni tahlil qilamiz va oldinga harakat qilishda davom etamiz.
Men muxlislar uchun qattiq afsusdaman. Shuncha uzoq yo'l bosib bizni qo'llab turishdi, biroq mag'lubiyatga uchrab ularni xafa qildik. Buning uchun ishqibozlardan uzr so'rayman. "Nasaf" biz uchun principial raqib edi, shu bois yutqazganimiz juda alam qilyapti. Lekin biz ham kuchli jamoamiz va bu mag'lubiyat bizni sindirib qo'ymasligi kerak. O'yinni tahlil qilamiz, xatolarni o'rganamiz.
- Bugun "Andijon" raqibga yaxshi qarshilik ko'rsatdi, biroq Cheran, Boake kabi yaxshi futbolchilarga vaqtida "snaryad" etkazib beradigan futbolchi ko'rinmadi. Shu bois bu ikki futbolchi ko'p hollarda to'psiz qolib ketdi.
- Pozicion himoyalanishda hamma yaxshi o'ynadi. Biz to'pni ancha orqada qabul qilib oldik. Shu bois Cheran - Boake bog'lami birgalikda ish bermadi. "Snaryad" etkazib beruvchiga kelsak, tayanch yarim himoyamizda muammolar bor. Bizni tanyach yarim himoyadagi o'yin qoniqtirmayapti. Hujumni rivojlantirishda ham dinamika ko'rinmayapti. Gol o'tkazib yuborilgan vaziyatda to'liq himoyalanishga ulgurmadik. Sabablar ko'p, aytganimdek tahlil qilishimiz kerak. O'ylashimcha, vaziyat ham yarata olmadik, ancha orqada to'pni qabul qilib oldik va raqib darvozasi tomon 50-60 metr bosib o'tish oson bo'lmadi. "Nasaf" himoyada juda tartibli o'yin namoyish etdi, bu ham ularga qo'l keldi.
"Paxtakor" – OKMK 3:1
⚽️ Gol: 21 - Flamarion (Hojiakbar Alijonov), 45+1 - Dostonbek Hamdamov, 46 - Aziz Xolmurodov, 62 - Muhammadqodir Hamraliev (Flamarion)
Bosh hakam: Shavkat Nasibullaev
Yordamchi hakamlar: Shohruh Maqsudov, Abdurashid Erkinov.
Zaxira hakami: Dias Galeev
VAR: Jasur Muxtorov
AVAR: Rinat Serazitdinov
Nazoratchi: Vladislav Seytlin
Komissar: Abdulbosit Valixonov
"Paxtakor": 35. Sanjar Quvvatov, 55. Muhammadrasul Abdumajidov, 7. Hojiakbar Alijonov, 5. Muhammadqodir Hamraliev, 34. Sherzod Nasrullaev, 17. Dostonbek Hamdamov (Hojimat Erkinov, 72), 50. Flamarion (23. Abdurauf Bo'riev, 81), 27. Sardor Sobirxo'jaev (21. Bashar Resan,72), 77. Oybek Bozorov (Ibrohim Ibragimov,72), 10. Akmal Mozgovoy, 14. Rustam Turdimurodov (19. Pyotr Pajishek,64).
Zaxira: Vladimir Nazarov, 77. Dilshod Saitov, 15. 3. Shahzod Azmiddinov, 20. Dilshod Abdullaev.
OKMK: 23. Hamidullo Abdunabiev, 6. Avazbek O'lmasaliev (3. Shahzod Toirov,59), 7. Dilshodbek Ahmadaliev, 22. Saidafzalxon Ahrorov, 44. Abror Karimov, 5. Giorgi Papava, 9. Aziz Xolmurodov, 28. Arihiro Sentoku (11. Ali Abdurahmonov, 77), 17. Nodirbek Abdurazzoqov (21. Hazratjon Tursunqulov, 87), 10. Asadbek Sobirjonov (18. Rian Islomov,77), 88. Siavash Haqnazariy (27. Urosh Koyich.77).
Zaxira: 35. Javohir Ilyosov, 13. Eldor Begimov, 4. Mirjamol Qosimov, 8. Abubakr Rizo Turdaliev
Kamoliddin Tojiev: "O'tkazilgan golda faqat himoyaning aybi bo'lmaydi"
– O'yin haqida gapiradigan bo'lsak, birinchi bo'limni yaxshi o'tkazdik, yaxshi boshladik, ikkita gol urdik. Tanaffusdan keyin maydonga chiqib, tezkor gol o'tkazib yubordik. Bu ozgina ruhiyatimizga ta’sir qildi. Keyin uchinchi golni urdik. Baribir o'yinning oxirida ozgina charchoq ham sezildi. 10 ta futbolchimiz terma jamoalarda edi. Bizda mashg'ulotlar biroz kam bo'ldi. Shuning uchun o'yin oxirida charchoq bilindi.
– Himoyachilar haqida so'ramoqchi edim. Bugun himoya markazida Hamraliev bilan Abdumajidov o'ynadi. Umuman olganda, Azmiddinov bor, Hamraliev, Abdumajidov kabi zo'r himoyachilar bor. Lekin "Qizilqum"ga qarshi o'yindan keyin qatorasiga har o'yinda gol o'tkazyapsizlar. Markaziy himoya haqida qanday fikrdasiz?
– Gol o'tkazilsa, faqat himoyaning aybi bo'lmaydi-ku, bu butun jamoaning xatosi bo'ladi. Masalan, bugungi golli vaziyat haqida so'radim, hujumchi ofsayddan chiqib urdi, deyishdi. Nima ham derdik, bo'lib turadi. Tarkibni to'liq qaraydigan bo'lsak, baribir hammaga o'yin amaliyotini berish kerak. Bu kamchiliklar ustida ishlaymiz va mehnat qilishda davom etamiz.
– O'tgan mavsumlarda o'ng qanot juda ham yorqin edi, masalan, Hojiakbar Alijonov. To'g'risini aytish kerak, juda ham yorib kirardi. Chap qanotga sherzod Nasrullaev jalb etildi. Shuningdek, Bozorov keldi. Lekin baribir asosiy hujumlar o'ng qanotdan tashkil etilmoqda. "Neftchi"ga qarshi o'yinda chap qanot qanot oqsab qolmaydimi? Hujumda demoqchiman.
– Yo'q, oqsamaydi. Bugun Nasrullevning o'zi ham birinchi bo'limda 7-8 marta ichkariga to'p oshirdi. Faqat o'ng tomondan emas, chap tomondan ham vaziyatlar yaratyapmiz, shunchaki yakuniy zarba yetishmayapti. Buning ustida ishlaymiz, chap tomondan ham, o'ng tomondan ham ko'proq hujum qilamiz.
– Keyingi savolim Hojimat Erkinov haqida. Yaqindagina Hojimatni terma jamoaga chaqirishganda juda faol edi, hozirgi kunda unga nimadir yetishmayapti. O'sha tezkorligi, shiddati yo'q bo'lib qolgandek. Hojimat bilan nimalar bo'lyapti?
– Hozirgi holati ham yomon emas. O'z formasiga qaytishini kutyapmiz, u bilan ham ishlashda davom etyapmiz. O'zi bilan ham gaplashyapmiz, formasiga kirib, yana o'sha yorqin o'yinini ko'rsatadi.
– Yana bitta savol. "Paxtakor"ga qarasak, bu O'zbekiston terma jamoasining asosiy tarkibi kabi. Shuning uchun darvozabon Vladimir Nazarov haqida so'ramoqchi edim. Superkubokda hammamiz ko'rdik, bitta xato tufayli raqib g'alaba qozondi. Hozir Nazarov maydonga chiqmayapti, terma jamoaga ham chaqirilmadi. Qanaqadir muammolar bormi?
– Yo'q, muammo yo'q. Sanjar Quvvatov ham bor. O'tgan o'yinda g'alabaga erishdik, shuning uchun bugun darvozabonni almashtirmaslikka qaror qildik. Nazarov ham, Sanjar ham o'yin amaliyotiga ega bo'lishadi.
– "Paxtakor"ning gollarini o'tgan yil bilan solishtirsak, bu yil hujumchilarning gol urish foizi kamayib ketgandek. Masalan, Rustam Turdimurodov boshida ikkita o'yinda ikkita gol urdi, lekin umuman olganda qanot vingerlari va yarimhimoyachilar ko'proq gol uryapti. Hujumchilarning gol urmayotgani sizni qanchalik o'ylantiryapti?
– Buning ustida ham ishlaymiz. Mashg'ulotlarda ham mehnat qilyapmiz. Baribir yigitlar harakat qilishyapti. Rustam Turdimurodovning ham, Doston Hamdamovlarning ham o'yini qovushyapti. Ularning ustida yana ishlaymiz.
– Shu joyda yana bitta savol bersa bo'ladimi? Bugungi mish-mishlarga ko'ra, FIFA tomonidan Rossiyadagi legionerlarga ruxsat berilibdi va ular bizning Superligamizda ham o'ynasa bo'lar ekan. Bugun stadion tribunasida Rustam Ashurmatovni ko'rdik. Sergeev transferi ustida ishlayapmiz deyapsiz-ku, balki keyingi turlardan boshlab "Paxtakor" tarkibiga kimdir, o'sha legionerlar qo'shilar?
– Bu borada ham ishlayapmiz.
– Flamarionning holati haqida so'ramoqchi edim. Mavsum boshida shamollab qoldi deb ikkita o'yinda maydonga tushmadi. Keyin zaxiradan tushib o'tgan o'yinda ham assist qildi, bugun ham assist qildi. Umuman, formasiga qaytdimi? Asosiy tarkibga qaytdi desa bo'ladimi?
– Ha, o'tgan mavsum oxirida tizzasini operaciya qildirgan edi. Yig'inda ham o'ynamagandi. Chempionat boshlanganda zaxirada ham bo'lmadi, shamollab qoldi. Hozir mana o'z formasiga kirib oldi.
– Bir-ikkita saytlarda yaqinda "Paxtakor"da moliyaviy muammolar kuzatilayotgani sababli yetakchilar kyetishi mumkin deb yozildi. Bu "Paxtakor"ga qanchalik taalluqli, shunaqa gaplar bormi endi?
– Oylik maoshlar kechikishi hammada bo'ladi. Ketaman deganlar yo'q, hammasi joyida.
Mirjalol Qosimov: "Futbolchi yugurayotgan payt ko'zidan olov chiqishi, kurashishi kerak"
– O'yin haqidagi umumiy taassurotlaringiz?
– Taassurotim shuki, yigitlar oldiga qo'yilgan maqsadni bajara olishmadi. Birinchi bo'limda boshqa sxemada o'ynadik – beshta himoyachi bilan. O'shaning uchun ham "Paxtakor"ga imkoniyat yaratib berildi. "Paxtakor"ni hammamiz bilamiz – yaxshi jamoa. Birinchi bo'limda oldiga qo'yilgan maqsadni to'liq bajarishgani yo'q. Sababi, yigitlarda harakat to'g'ri bo'ldi-yu, lekin yugurayotganda ko'zidan olov chiqishi kerak-da, kurashish kerak! Kurashish kerak o'zi uchun, o'zining g'ururi uchun, jamoasi uchun. Bu narsa birinchi bo'limda ko'rinmadi va albatta bunda "Paxtakor" yaxshi jamoa deb bekorga aytmayapman, bunaqa narsadan foydalanib birinchi golni urib kyetishdi. Ikkinchisi o'sha – rikoshet. Ikkinchi bo'limda ozgina sxemani o'zgartirdik, bu o'z foydasini berdi. Tezkor gol urdik... Va albatta, futbolda yana bitta narsa bor, yaxshi vaziyatlar yaratildi, birinchi bo'limga qaraganda ikkinchi bo'limda raqib darvozasi yaqiniga kelganda gol urishimiz mumkin edi. Hisob 2:1 paytida... endi o'yinni to'liq ko'rib chiqish kerak. Qanaqadir kvadrat o'ynashdi, balkim raqib jamoasi ham bunga imkon bermagandir. Shu vaziyatdan keyin standartdan gol o'tkazib yubordik. Xullas, "Paxtakor"ni tabriklaymiz. Shunaqa, o'yin ikki xil taassurot qoldirdi.
– Menga ham shunday tuyuldi, ikki xil taym ko'rdik. O'zingiz ham aytib o'tdingiz: birinchi taymda 5 ta himoyachi bilan, ikkinchi taymda boshqa sxemaga o'tib oldinglar. Menga shunday tuyuldiki, OKMKning jismoniy holati "Paxtakor"ga nisbatan yaxshiroq ko'rindi. Ularda deyarli terma jamoaning asosiy tarkibi harakat qildi. Ikkinchi taymda hujumkor futbol juda ham ko'p bo'ldi. Futbolchilarning 90-daqiqagacha jismoniy holati yaxshi edi. Savolim shunday: birinchi taymdan boshlab o'sha jismoniy holatdan kelib chiqqan holda shunaqa o'ynaganingizda, balki vaziyatlar ham ko'proq bo'larmidi, deb o'ylayman?
– Albatta. Ruslarda bitta gap bor-ku: "Posle draki kulakami ne mashut" deydi. Qolaversa, menga shu narsa yoqmadi. Sxema... hammasi yaxshi, agarda to'liq va to'g'ri bajarilsa. Menga yoqmaganini echinish xonasida yigitlarga aytdim. O'yinni har xil harakat qilib yutqazish bor. Yutuq-yutqaziq ham bor-da. Masalan, joningni berib, haligidek ko'zingdan olov chiqib o'yinni yutqazib qo'yildimi, qanaqadir rikoshet yoki standartdan urib ketildimi – bunaqa o'yinni yutqazib uyalmanglar, deyman-da. Tushunaman, lekin birinchi bo'limda ko'z yongani yo'q-da. Maydonda 11 kishi yuguryapti, lekin maydonga chiqib yugurishdan tashqari, ichida shijoat bo'lishi kerak, jonkuyarlik bo'lishi kerak. Misol tariqasida aytishim mumkin, 90-daqiqada Nasrullaev qilayotgan ishni. U bir joyda qarab tursa ham bo'ladi, lekin 3:1 vaziyatda ham tezlikni olganda kamida 60 metr yuguryapti o'yinning oxirida. Odam o'zini majbur qilmasa, futbolda o'sish bo'lmaydi. Shunchaki o'tib ketadigan o'yin yo'q, raqib ham bor. Shuning uchun ham menda ikki xil taassurot. Birinchi bo'limdagi holat – bu ham mening qanaqadir aybimdir. Masalan, ruhiy tomondan etarlicha tayyorlay olmagandirman. Lekin maydonga chiqqandan keyin xatoni hamma qiladi, jonini berib o'ynash kerak-da. O'xshashi bor, o'xshamasi bor, xato bor – bu normal holat. Lekin mana shu ishtiyoqsizlik asabimga tegdi. Mana shu narsa birinchi bo'limda yaqqol ko'rinib qoldi. Sxema yomon emas, endi "jismonan zo'r ekanmiz" deb ochiq yugurib kyetish ham "Paxtakor"ga qarshi qanday bo'lishini bilamiz, buning necha marta jabrini ko'rganmiz. Birinchi bo'limni ushlab turib harakat qilish rejasi bor edi, lekin o'xshamay qoldi.
– Statistika ko'rsatyapti: OKMK bu mavsumda mana shu 4-5 turdan keyin xG (kutilgan gollar) bo'yicha kuchli uchtalikdasiz. Yani hujumlar bor, vaziyatlar bor...
– Endi futbol shunaqa narsa-da: kimdir xato qiladi, kimdir shundan foydalanadi. Xato qilganda bundan foydalanmasa, teskarisi bo'lishi mumkin. O'sha birinchi turda ham, ikkinchi turda ham imkoniyatlarimiz bo'lgan. Gol nima qiladi? Raqib jamoasini yanada shoshilishga, kutilmagan to'p yo'qotishlarga, xato qilishga olib keladi-da. Ayrim hollarda o'sha narsa bizga pand berib qo'ydi boshida. Men buni yigitlarning o'ziga ham aytdim. Lekin yutish uchun yaratilgan sharoitdan, hatto yarimta yaratilgan vaziyatdan ham unumli foydalanishni bilish kerak-da. Bizda shu narsa pasayib ketdi. Shuning uchun ham Abdurazzoqovga ham, Asadga ham masalan, etirozlarimiz ko'p. Yoki oxirgi o'sha vaziyatda, 16 metrlikda (jarima maydonchasida) Alida yaxshi vaziyat bo'ldi, to'pni yaxshi oshirib berdi. Endi kechirasiz-ku, jarima maydonchasi ichida to'pni 10 marta to'xtatib o'ynashga hech kim qo'yib bermaydi-da. Bunaqa narsalar endi intellektga bog'liq. Har doim aytaman: to'p qabul qilishdan oldin sizda allaqachon qaror tayyor bo'lishi kerak, manzil aniq bo'lishi kerak.
– "Paxtakor" himoyasiga qarasak, O'zbekiston terma jamoasi a'zolari: markazda Abdumajidov va Hamraliev. Bunga qaramay vaziyatlarni yaratyapsizlar. Ammo ijrochilar... Xolmurodov, Abdurazzoqov kabilarning kelajagi zo'r bo'lsa-da, yaqqol tugatuvchi yetishmayotgandek. Balki OKMKga o'sha sof hujumchi bo'lganida, yana ikki-uchta, to'rttaga ko'proq gol urarmidinglar?
– Yo'q, endi hammasi "balkim" bo'lyapti-da. Hozirgi kunga kelib tushunarli: Xurshid yo'q, boshqasi yo'q, Oybek yo'q masalan. Lekin biz talab qilamiz, yuqori maqsad qo'yiladi. Ular o'z ustida ishlab, to'g'ri fikrlab, to'g'ri xulosa chiqarishlari o'ziga kerak-da. Qolaversa, milliy terma jamoaga nomzodlar bor. Ular maydonda oxirigacha o'ynamasa, o'zini ko'rsatmasa, murabbiylar ham chaqirmaydi. Imkon bor-da yaxshigina. Bekorga Xolmurodov, Abdurazzoqov Dubay yig'inlarida bo'lishmadi. Hech kimga eshik yopiq emas. Shuning uchun ham Nasrullaevni misol keltirdim.
– OKMKning bugungi mag'lubiyati 2023 yil bahori, yani uch yildan beri ilk mag'lubiyati bo'ldi chempionatda "Paxtakor"ga qarshi. Ko'rganmizki, o'tgan mavsumda ham o'yin bo'yicha yutqazayotgan bo'lsa-da, lekin natijani o'z foydangizga hal qilgandingiz. Natijaga va tarkibga qaraydigan bo'lsak, bugungi OKMK so'nggi uch yildagi eng kuchsiz holatidami? Shu fikrga qo'shilasizmi?
– Eng kuchsizimi? Men boshqacharoq aytardim: kuchsiz emas-u, faqat malakali futbolchilar kamroq bo'lib qoldi-da. To'xtaxo'jaev, Ruben, Oybek, Xurshid... Men hozir har biriga to'xtalmayman. Malaka va sifat bo'yicha aytyapman. Lekin bunga ham ozgina vaqt kerak-da. Vaqt-soati bilan shakllanib keladi. Lekin o'sha-o'sha gapim: hech kimga irodasizlarcha yutqazishga kafolat bermayman. Undan ko'ra o'ynamagan yaxshi. Yurak bo'lishi kerak hammasida. Hayot o'zi shunday, beparvo bo'lsang, oyoqosti qilib, toptap tashlaydi. Futbol ham xuddi shunaqa. Kimga qarshi o'ynashingdan qati nazar, futbolda o'z o'rningni olishing kerak.
– Yetakchilar jamoani tark etgani haqida aytib o'tdingiz. Qishki selekciyada ularning o'rnini to'ldirish haqida o'ylanmadimi?
– Yoshroqlarini taklif qildik, lekin bizga to'g'ri kelmadi. Shuning uchun ham o'zimizda bori bilan qolishga qaror qildik.
– O'zbekiston tarixida bunaqasi bo'lmagan: aprel oyida bizni 6-7 ta tur kutyapti. Bunday tig'iz taqvimda o'ynashda ko'pchilikda tajriba yo'q. Sizda murabbiy sifatida qanaqadir strategiya bordir? Masalan, har 3 kunda o'yin bo'lyapti, kuchlarni qanday taqsimlaysizlar?
– Rotaciya. Rotaciya qilamiz. Oldinlari aytishardi-ku, zaxira o'rindig'iga qaragin deb. Hozir zaxirasi kuchli bo'lganlar ko'proq yutadi-da. Bir xil futbolchilar asosiy tarkibda bo'lsa, zaxirada o'tiradigan bolalar bor-ku. Oldin shunday tendenciya bor edi: "Menga zaxirada o'tirgan o'yinchilaringni ko'rsat, men sening jamoang qanaqaligini aytaman" deyishardi. Mana shunga ko'proq bog'liq bo'lib qoladi hozir – bir-birini to'ldirib o'ynashga. Hozir aprel oyigacha 7 ta o'yin bo'lyaptimi? Bolalarning o'zi ham mashg'ulot qilishni yomon ko'radi, futbol o'ynashni yaxshi ko'radi. Mana, federatsiya ham imkon yaratib berdi. Ko'ramiz, normal holat bu. Endi bu erda tiklanish jarayoni eng keragi. Bu ham normal holat.
"Qizilqum" – "Neftchi" 0:4
04 aprel 2026 yil. Navoiy, "Yoshlar" sport majmuasi. 2850 tomoshabin.
Hakamlar: Nayim Qosimov, Elnur Doniyorov, Zufar Eliboev, Alisher Rahimqulov
VAR: Ravshan Abduvohidov
AVAR: Zilola Rahmatova
Nazoratchi: Konstantin Smirnov
Komissar: Sherzod Rajabov.
Gollar: Zoran Marushich 18, - 0:1. Alisher Odilov 41, - 0:2 (Zoran Marushich). Zoran Marushich 51, - 0:3 (Alisher Odilov). Ikrom Aliboev 59 penalti, - 0:4.
❤️ "Qizilqum": 1.Farhod Rahmatov, 8.Shahzod Rahmatullaev, 9.Shahzod Turopov (14.Alisher Shukurov, 60), 11.Oleksey Shchebetun, 15.Nikola Kumburovich, 20.Bobomurod Bozorov (4.Ilhomjon Vahobov, 64), 23.Samandar Shukurullaev (44.G'iyosjon Rizaqulov, 75), 31.Jambuli Jigauri (30.Ozodbek Mo'ydinov, 75), 34.Grigol Chabradze (7.Fayzullobek Jumanqo'ziev, 60), 70.Shohruz Norxonov, 77.Diyor Rahmatullaev.
Zaxira: 99.Humoyunshoh Sayyotov, 6.Murodali Usmonov, 10.Islom Kenjaboev, 19.Ilhom Kenjaev, .
🤍 "Neftchi": 1.Botirali Ergashev, 4.Boyan Ciger, 5.Ikrom Aliboev, 6.Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 7.Abror Ismoilov (11.Asilbek Jumaev, 71), 10.Jamshid Iskanderov (8.Vladimir Yovovich, 71), 20.Anvar G'ofurov (15.Nurmuhammad Abdug'aniev, 64), 22.Alisher Odilov (9.Xurshid G'iyosov, 64), 23.Yovan Jokich (77.Ratino, 64), 32.Zoran Marushich, 34.Farruh Sayfiev.
Zaxira: 16.Ibrohim Shokirov, 18.Stipe Perica, 21.Muhsin Ubaydullaev, 30.Rustambek Fomin, .
🟨 Ogohlantirishlar: Alisher Odilov 35, Grigol Chabradze 35.
Akmal Rustamov: "Gol urganimizda, o'yin boshqacha kechardi"
- O'yin haqida fikringiz?
- "Neftchi"ga qarshi yaxshi tayyorgarlik ko'rib, jamoani o'rganib chiqqandik. Birinchi bo'limda hammasi yaxshi ketayotgandi, lekin uchta vaziyatni golga aylantira olmadik. Agar gol urganimizda o'yin boshqacha kechardi. Vaziyatlardan foydalanishda qiynalyapmiz. Shunga qaramay, yigitlarga rahmat aytmoqchiman, bugun hamma borini berib o'ynadi. Xatolar bor, o'yinni tahlil qilib chiqamiz va "Buxoro" bilan bo'ladigan navbatdagi bahsga tayyorgarlik ko'ramiz.
- Bugun e'tibor berdikki, uzoq masofaga to'p uzatishlarning aksari noto'g'ri chiqdi. Ko'p jamoalar shunday to'p uzatish bilan hujumni yo'lga qo'yadi. "Qizilqum"da esa buning aksi ko'rindi.
- Savolingizni tushundim. Biz ham uzoq masofaga to'p uzatib hujum tashkil qilishni o'rganganmiz. Biroq Islom Kenjaboev bilan Asror G'ofurovning yo'qligi bilindi. OKMK bilan o'yinda Asror G'ofurovni yo'qotgandik, kecha uchrashuvga bir kun qolganda Kenjaboev jarohat olib qoldi. Buning ham ta’siri bor albatta.
- Birinchi bo'limda jamoangiz chindan ham vaziyatlardan foydalana olmadi. Bunga sabab nima deb o'ylaysiz?
- "Neftchi"dek kuchli raqibga qarshi bitta golli vaziyat ham yaxshi ko'rsatkich deb o'ylayman. Birinchi taymda biz uchta yuz foizli golni ura olmadik. Buni tahlil qilib ko'rib chiqamiz.
- Darvozabonlarni ham o'zgartirish kerakmikin?
- Buni ham tahlil qilamiz. Jamoamizning darvozabonlar murabbiyi bilan maslahatlashib, bu borada ish olib boramiz.
- Bugun Ozodbek Mo'ydinov asosiy jamoada debyut qildi. Adashmasam, ushbu futbolchi sizning shogirdingiz. Uning o'yini haqida nima deya olasiz?
- U-21 jamoamizning barcha o'yinlarini kuzatib kelmoqdamiz. Kim o'zini ko'rsatsa asosiy jamoada imkoniyat berish kerak deb hisoblayman. Shu orqali futbolchilar o'sib boradi.
- Bugun himoyadagi ko'plab xatolarni qanday izohlaysiz?
- Barcha himoyachilarda xatolar bo'ldi. Aytib o'tganimdek, o'yinni tahlil qilsak, xatolar kimdan o'tgani aniq bo'ladi.
- Jamoangiz zich taqvimga tayyormi?
- Tarkibimizda 23 nafar futbolchi bor. Hamma o'zini ko'rsatadigan payt keldi. Buyog'iga rotaciya qilib, futbolchilarni almashtirib o'yinlarni o'tkazamiz.

Islombek Ismoilov: "Omad doim kuchlilarga kulib boqadi deyishadi"
- O'yin haqida fikringiz?
- Avvalambor qo'lga kiritilgan ushbu g'alaba bilan jamoamizni, muxlislarni va uzoq yo'l bosib kelgan ishqibozlarimizni tabriklayman. O'yinga to'xtaladigan bo'lsak, "Qizilqum" juda yaxshi jamoa, ular "Paxtakor"ga qarshi ham ajoyib o'yin ko'rsatishgandi. So'ngra keyingi bahslarda g'alaba qozondi, yaxshi murabbiylar shtabi jamlangan. "Qizilqum" yaxshi futbol namoyish etishga harakat qilyapti.
Biz har bir o'yinga bo'lgani kabi bu uchrashuvga ham reja bo'yicha tayyorgarlik ko'rdik. FIFA kunlaridan keyin asosiy urg'uni jamoa holatini birxillashtirishga va o'yin uslubimizni takomillashtirishga qaratdik. Birinchi bo'limda jamoa yaxshi o'yin ko'rsatib, ikkita gol urishga muvaffaq bo'ldik. Tanaffusdan keyin ham ikki bor to'p kiritishning uddasidan chiqdik va yakunda g'alabaga erishdik.
Har turda turli antirekordlarni buzishga harakat qilyapmiz. Mana, 18 yildirki "Neftchi" Navoiyda g'alaba qozona olmay kelayotgan ekan, bugun shunga chek qo'yganimiz bizni yanada xursand qildi. Qolaversa bungacha har o'yinda uchtadan gol urgan bo'lsak, bugun to'rtta gol urishning uddasidan chiqdik. Bu ham xursand qildi. Albatta, g'alaba doim yoqimli, lekin bu bilan ovora bo'lib qolishimiz kerak emas. Chunki keyingi turda bizni jiddiy raqib "Paxtakor" kutyapti. Bugungi yutuqni tezroq esdan chiqarib navbatdagi bahsga hozirlik ko'ramiz.
- Stipe Pericaning zaxirada qolgani nima bilan bog'liq?
- Stipe biz uchun muhim o'yinchilardan biri. Hisob ishonchli ko'rinish olgach, boshqalarga imkon berishni maqul topdik. Har bir o'yinimizdan so'ng futbolchilar harakatini tahlil qilib chiqamiz va kim qancha daqiqa harakat qilishi lozimligini shunga qarab belgilaymiz. Shu reja asosida ish olib borishga to'g'ri kelyapti, chunki taqvim ancha zich. Kam amaliyotga ega futbolchilarga imkon berishni lozim topdik. Bugun 2007 yil tug'ilgan Nurmuhammad Abdug'aniev o'z debyutini o'tkazdi. Albatta, u ham juda iqtidorli futbolchi, U-20 terma jamoamizga nomzod o'yinchi hisoblanadi. Agar Nurmuhammad shu tempda davom etsa va ishlashdan to'xtab qolmasa kelgusi yillarda yana bir sifatli himoyachiga ega bo'lamiz.
- Bu savol g'alati tuyulishi mumkin, balki qulog'ingizga ham chalingandir. "Neftchi"ning hozirgi tarkibi bilan istalgan murabbiy natijaga erisha oladi" kabi gaplarga munosabatingiz qanday?
- To'g'risi, men uchun bu kabi gaplar oddiy hol bo'lib qoldi. Tarkibga keladigan bo'lsak, sifatli yaxshi saviyadagi futbolchilarimiz ko'p, lekin ularning hammasi bir paytda maydonda o'ynamaydi. O'tgan yilgi o'zakni saqlab qolgan holda jamoani kuchaytirish ustida ish olib boryapmiz. O'tgan yil bilan solishtirganda jamoamiz o'yinida o'zgarish bor deb o'ylayman. Futbolchilar o'sha-o'sha bo'lishi mumkin, lekin uslubimiz sal boshqacha. O'zingizga shunday savol bersam: o'tgan yilgi o'yin bilan bu yilgisi o'rtasida farq bormi?
- Ha bor.
- Ko'rdingizmi, hammasi harakat va maqsadga bog'liq. "Neftchi"dek jamoani boshqarish mening omadim deb o'ylayman. "Neftchi"dek klubni boshqarishni har bir o'zbekistonlik murabbiy xohlaydi desam yanglishmagan bo'laman. Shu bois buni o'zim uchun baxt deb bilaman va sizning savolingizni oddiy qabul qilaman.
- "Qizilqum" bugun bir nechta vaziyatlardan foydalana olmadi. Agar raqib gol urganida hisob bu qadar yirik ko'rinish olmasdi deb hisoblaysizmi?
- Aytib o'tganimdek, "Qizilqum" ham yaxshi shakllangan jamoa. Yirik hisobdagi yutuqni osonlikcha qo'lga kiritdik deya olmayman. Raqib ham astoydil qarshilik ko'rsatdi. Jamoada murabbiy imzosi ko'rinyapti. Lekin ikkinchi va ayniqsa uchinchi goldan keyin mezbonlar ruhan sinib qolishdi. Agar raqib to'p kiritganida o'yin kartinasi o'zgarib kyetishi ham mumkin edi. Omad doim kuchlilarga kulib boqadi deyishadi, o'ylashimcha, biz bugun g'alabaga haqliroq edik.
- Shimoliy Koreya U-16 terma jamoasi bilan bahsda raqib o'yinchisiga atayin qizil kartochka oldirish holati kuzatilgandi. Bugungi janjal ham shuning mantiqan davomi bo'ldimi?
- Yo'q, bunday demagan bo'lardim. Biz doim jamoa futbol namoyish etishini istaymiz va o'yin sifati yanada yaxshiroq bo'lishini xohlaymiz. Nega oxirgi bahslarda ko'p gol uryapmiz? Chunki maqsadimiz o'yin sifatini yaxshilashga qaratilgan. Biz hech qachon janjal chiqarishga alohida tayyorgarlik ko'rmaymiz, bunga harakat qilmaymiz ham. Maqsadimiz futbol o'ynash, g'alaba qozonish va muxlislarni xursand qilish. Janjalli holat o'yinning bir qismi, o'sha vaziyatda har ikki futbolchi qizishib ketdi deb o'ylayman. Alisher Odilov qizishib keta boshlagach, o'ng qanotga o'tkazdik, vaholanki bu rejamizda yo'q edi.
- Siz boshqargan U-17 terma jamoamiz futbolchilarini negadir klublar asosiy tarkibida ko'rmayapmiz?
- Terma jamoada iqtidorli futbolchilar ko'p va hammaning sekin-asta o'z payti keladi. Klublar ham sekin-sekin yoshlarga imkon beradi. Birdaniga katta oqimga qo'shilib kyetish oson emas. Shunga qaramay, Sadriddin Hasanov, Sayfiddin Sodiqov, Nurbek Sarsenbaev kabi futbolchilar maydonga tushyapti. Menimcha, may oyida bo'ladigan bo'ladigan Kubok o'yinlarida ko'plab yoshlarni ko'ramiz.
- Savolim yo'g'-u, lekin bir iltimos bilan chiqqandim. To'rtinchi golni 90-daqiqada uringlar, odamlar zerikib qolmasin deb aytgandim. Lekin baribir bugun 60-daqiqaga kelib hisob 4:0 bo'ldi. Shunga tilak bildiraman, "Paxtakor" bilan bo'ladigan bahsning 90-daqiqasida beshinchi golni ursanglar. Keyin yana bir gap bugun o'yinni ko'raman deb Farg'onadan bir muxlis "Moskvich"da yo'lga chiqib 800 kilometr yo'l bosdi. Endi yana shuncha yo'l bosib ortga qaytib ketadi. G'alabadan sarmast bo'lib o'zini "Jentra"da ketayotgandek his qilsa ajab emas.
- Albatta, bundan xabarimiz bor. Shaxsan viloyatimiz hokimining ham xabarlari bor. Nasib qilsa, Farg'onaga qaytib borganimizdan so'ng shu muxlis bilan birgalikda chiroyli tushlik qilamiz.

"Surxon" – "Buxoro" 3:1
⚽️ Gol: 6 - Sunnatulla Abdullajonov (Sarvar Abduhamidov), 9 - Chinedu Stefen, 32 - Shahzodbek Ubaydullaev (.Shaxboz Jo'rabekov), 45+4 - Chinedu Stefen
Bosh hakam: Firdavs Norsafarov
Yordamchi hakamlar: Shohnur Yo'ldoshev, Sardor Umirzoqov
Zaxira hakami: Mamurjon Ilhomov
VAR: Asker Najafaliev
AVAR: Baxtiyorxo'ja Shavkatov
Nazoratchi: Vadim Agishev
Komissar: Shohruh Said
“Surxon”: 86.Davron Merganov, 2.Behruzjon Karimov, 4.Nodirxon Nematxonov, 5.Jamaldin Xojaniyazov (3.Behruz Jumatov, 60), 6.Behzod Shamsiev (s), 7.Dostonbek Tursunov (11.Richard Emeka Fraydey, 69), 8.Humoyun Sherbo'taev (14.Tohirjon Ashurbaev,60), 9.Chinedu Stefen (33. Umidbek Quvondiqov, 82), 10.Sunnatulla Abdullajonov (21.Tornike Jebniauri, 46), 17.Sarvar Abduhamidov, 66.Behruz Shaydulov
Zaxira: 25.Otabek Boymurodov, 18.Behruz O'ktamov, 19.Farruxjon Qodirov, 22.Javohir Jo'raev,
“Buxoro”: 12.Umidjon Hamroev, 2.Velko Filipovich, 7.Xurshidbek Muxtorov (s), 10.Shahzodbek Ubaydullaev (9.Nika Kacharava,57), 11.Temur Mamasidiqov, 17.Javohir Ro'ziev (22.Asadbek Jo'raboev, 73), 21.Mixeil Basheleishvili (6.Ravshan Hayrullaev, 46), 25.Sherzod Esanov, 27.Muhammad Yuldashev, 88.Dominik Begich (78.Vladimir Rodich, 46), 97.Shaxboz Jo'rabekov
Zaxira: 1.Shirinboy Abdullaev, 5.Sardor Qulmatov, 8.Anvarjon Jo'raev, 30.Boyan Mladovich, 42.Kirill Todorov,
🟨 Ogohlantirish: 40 - 4.Nodirxon Nematxonov,, , 42 - Xurshidbek Muxtorov, 42 - Shahzodbek Ubaydullaev, 45+1 - Shaxboz Jo'rabekov, 56 - Jamaldin Xojaniyazov, 84 - Behruz Jumatov
Anvar G'ofurov: "Chempionatda oson jamoaning o'zi yo'q - har bir uchrashuv qiyin kechadi"
O'yin haqida fikrlaringiz?
- Oson o'yin bo'lmadi. Umuman olganda, chempionatda oson jamoaning o'zi yo'q - har bir uchrashuv qiyin kechadi va har bir jamoaning o'ziga xos o'yin uslubi bor. Bugungi bahsning birinchi bo'limida hisobni ishonchli ko'rinishga keltirib olganimiz sababli futbolchilar maydonda erkinroq harakat qilishdi. Shuningdek, Surxondaryolik muxlislarga alohida minnatdorchilik bildiraman - ular stadionda bizni faol qo'llab-quvvatlashdi.
Birinchi bo'limda Doston Tursunov qanot yarim himoyasida harakat qilgan bo'lsa-da, ko'p hollarda markazda ko'rindi. Bu taktik reja edimi?
- Albatta, har bir murabbiy o'yin uchun turli reja va echimlarni tayyorlaydi. Biz ham bugungi uchrashuv uchun turli vaziyatlarga mos taktik ishlanmalarni oldindan tayyorlab qo'ygan edik.
Asosiy jamoaga murabbiy bo'lganingizdan so'ng ijobiy natijalar qayd etildi. Eshitishimizcha, bu ikki o'yin siz uchun sinov tariqasida berilgan. Keyingi faoliyatingiz qanday bo'ladi?
Bu masala bo'yicha rahbariyat bilan hali gaplashganimiz yo'q. Yakuniy qarorni rahbariyat qabul qiladi. Mening vazifam esa jamoani har bir o'yinga yaxshi sport formasi va yuqori kayfiyatda tayyorlashdan iborat.
“Surxon” jamoasining hozirgi natijalari uning haqiqiy kuchimi yoki bu vaqtinchalik holatmi?
Bu futbol. Jamoa bazan yutadi, bazan yutqazadi. Har bir uchrashuv uchun aniq reja va vazifa bo'ladi. Agar reja ishlasa, natija ham ijobiy bo'ladi. Agar nimadir o'xshamasa, o'z vaqtida o'zgartirish kiritish murabbiyning vazifasi.
Bugun jamoa Dilshod Yo'ldoshevning futbolkasi bilan suratga tushdi. Unga nima bo'ldi?
- 2–3 kun avval u operaciyani muvaffaqiyatli o'tkazdi. Hozir uning ahvoli yaxshi. Butun jamoa Dilshodning tezroq sog'ayib, safimizga qaytishini kutmoqda. Bugungi o'yinda ham uning kayfiyatini ko'tarish va qo'llab-quvvatlash maqsadida shu ishni amalga oshirdik.




