

Turning eng ko'p tomoshabin tashrif buyurgan o'yini Urganchda kuzatildi. "Xorazm sport majmuasi"da bo'lib o'tgan "Xorazm" hamda "Dinamo" jamoalari o'rtasidagi bahsni bevosita stadiondan 7 650 nafar ishqiboz kuzatib bordi.
Qolgan stadionlardagi muxlislar tashrifi quyidagicha ko'rinish oldi:
"Surxon" – "Buxoro": 3 221 muxlis ("Surxon arena")
"Qizilqum" – "Neftchi": 2 850 muxlis ("Yoshlar sport majmuasi")
"Paxtakor" – "OKMK": 1 871 muxlis ("Paxtakor" stadioni)
"Bunyodkor" – "Lokomotiv": 1 327 muxlis ("Bunyodkor" stadioni)
"Navbahor" – "Mashal": 1 137 muxlis ("Olimpiya" stadioni)
"Nasaf" – "Andijon": 1 130 muxlis ("Dinamo" stadioni)
"So'g'diyona" – "Qo'qon-1912": 112 muxlis ("Do'stlik" stadioni)




