Superliga. Bugun start oladigan 12-turning barcha o'yinlari bir vaqtda boshlanadi

Tolibjon Qosimov
19 iyun 2024
Bugun Superligada 12-tur bellashuvlariga start beriladi.

Turni "Surxon" - "Metallurg" bahsi boshlab beradi. 4 kun davom etadigan mazkur turning barcha o'yinlari bir vaqtda boshlanadi.

Superliga 12-tur o'yinlarining boshlanish vaqti:

19.06.2024

20:00. "Surxon" - "Metallurg"

20.06.2024

20:00. "Navbahor" - "Qizilqum"

20:00. "Nasaf" - "Neftchi"

21.06.2024

20:00. OKMK - "Paxtakor"

20:00. "Bunyodkor" - "Olimpik"

22.06.2024

20:00. "Lokomotiv" - "So'g'diyona"

20:00. "Dinamo" - "Andijon"


Turnir jadvalida ayni paytga kelib Mirjalol Qosimov boshchiligidagi OKMK 20 ochko bilan birinchi pog'onaga ko'tarilib oldi. Olmaliqliklardan bitta kam o'yin o'tkazgan "Nasaf", "Navbahor" va "Neftchi" jamoalari esa peshqadamni quvishmoqda. Bundan tashqari, "So'g'diyona", "Paxtakor" va "Andijon" ham hali chempionlik poygasini davom ettirishmoqda.


To'purarlar ro'yxatini "So'g'diyona" yetakchisi Lyupche Doriev 9ta gol bilan boshqarib bormoqda. "Navbahor" hujumchisi Toma Tabatadzeda 8ta gol bor. "Nasaf" forvardi Zoran Marushich hamda "Paxtakor" sardori Dragan Cheranda 5tadan gol bor.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia