

Ushbu sahifada tadbirning barcha tafsilotlari bilan tanishib borish mumkin.
Qur'a tashlash marosimi soat 22:00da boshlanadi.


Bugungi qur'a dastlab 20:00da boshlanishi kerak edi. Ammo keyinchalik 22:00da boshlanishi ma'lum bo'ldi. Bunga nima sabab bo'lgani aniqlandi. SPORT Tv sharhlovchisi Dilshodbek To'xtabekovning aytishicha mazkur qur'a tashlash marosimida O'zbekiston terma jamoasi yangi bosh murabbiyi Ektor Kuper ham ishtirok etishi kerak bo'lgani uchun ikki soatga kechiktirilgan.

SPORT vakillari Superliga klublari bosh murabbiylarining fikrlari bilan qiziqishmoqda. Tadbir boshlanishiga oz qolmoqda.

Barcha murabbiylar intervyu berib bo'lishdi va endi qur'a tashlash marosimi start oladi.
Boshlovchi Nodir Abduqodirov tadbirni ochib berdi. Sahnaga PFL bosh direktori Omon G'ofurov taklif etildi.
2018 yilda o'zbek futbolida katta o'zgarishlar bo'ldi. Oliy liga Superliga deb o'zgartirildi va ikki bosqichli tizimga o'tdik. O'ylashimcha qiziqarli o'yinlar ko'p bo'ldi. Ikkinchi bosqichda barcha jamoalarga omad tilayman, - deydi PFL bosh direktori Omon G'ofurov.
"Paxtakor" yoshlar jamoasi 22-turdan so'ng, Yoshlar ligasi turnir jadvalini boshqarib turgani uchun jamoa murabbiyi Jasur Abduraimovga PFLning maxsus sovg'asi topshirildi.

PFL bosh direktori maslahatchisi Diyor Imomxo'jaev yoshlar ligasi qanday davom etishi haqida ma'lumot bermoqda: "Yoshlar ligasi jamoalari ikkinchi bosqichda asosiy jamoa (Superliga) qaysi oltilikda bo'lsa o'sha oltilikda bo'ladi. Lekin oltin ochko tizimi bo'lmaydi va yoshlar ligasi jamoalar 22ta turda qancha ochko to'plagan bo'lsa xuddi shuncha ochko bilan davom ettirishadi. Yoshlar ligasida natija muhim emas, asosiy tarkibga futbolchilar yetishtirib berish.
Qur'a tashlash marosimi boshlandi. Shardan dastlab "Qo'qon-1912" jamoasi nomi chiqdi. Mazkur jamoa 3-raqamni, "Neftchi" esa 6-raqamni oldi. Mazkur klublar o'z maydonida bir kunda o'yin o'tkazmaydi.
23-tur
AGMK - "Neftchi"
"So'g'diyona" - "Qizilqum"
"Qo'qon-1912" - "Nasaf"
24-tur
AGMK - "So'g'diyona"
"Qizilqum" - "Qo'qon-1912"
"Neftchi" - "Nasaf"
25-tur
"Qo'qon-1912" - AGMK
"So'g'diyona" - "Neftchi"
"Nasaf" - "Qizilqum"
26-tur
AGMK - "Nasaf"
"So'g'diyona" - "Qo'qon-1912"
"Neftchi" - "Qizilqum"
27-tur
"Nasaf" - "So'g'diyona"
"Qizilqum" - AGMK
"Qo'qon-1912" - "Neftchi"
Endi kuchli oltilikka qur'a tashlanadi.
O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper birinchi bosqchida eng kam sariq kartochka olgan "Nasaf" klubi bosh muabbiyiga PFLning "Feyr-pley" sovrinini topshirdi.
23-tur
"Navbahor" - "Paxtakor"
"Metallurg" - "Lokomotiv"
"Bunyodkor" - "Buxoro"
24-tur
"Navbahor" - "Metallurg"
"Lokomotiv" - "Bunyodkor"
"Paxtakor" - "Buxoro"
25-tur
"Bunyodkor" - "Navbahor"
"Metallurg" - "Paxtakor"
"Buxoro" - "Lokomotiv"
26-tur
"Navbahor" - "Buxoro"
"Metallurg" - "Bunyodkor"
"Paxtakor" - "Lokomotiv"
27-tur
"Buxoro" - "Metallurg"
"Lokomotiv" - "Navbahor"
"Bunyodkor" - "Paxtakor"
28-tur
"Paxtakor" - "Navbahor"
"Lokomotiv" - "Metallurg"
"Buxoro" - "Bunyodkor"
29-tur
"Metallurg" - "Navbahor"
"Bunyodkor" - "Lokomotiv"
"Buxoro" - "Paxtakor"
30-tur
"Navbahor" - "Bunyodkor"
"Paxtakor" - "Metallurg"
"Lokomotiv" - "Buxoro"
31-tur
"Buxoro" - "Navbahor"
"Bunyodkor" - "Metallurg"
"Lokomotiv" - "Paxtakor"
32-tur
"Metallurg" - "Buxoro"
"Navbahor" - "Lokomotiv"
"Paxtakor" - "Bunyodkor"
Qur'a tashlash marosimi yakuniga etdi.




