Superliga. "Mashal" - "So'g'diyona" o'yini Jizzaxda o'tkaziladi

Omonjon To`xtamirzayev
13 mar 2025
Muborak klubi o'zining uy uchrashuvlarini OKMK stadionida o'tkazishi lozim.

Bunda klub stadiondan ijara asosida foydalanadi. 

Tabiiyki, o'z maydonida to'p o'ynamayotgan jamoa uchun rasmiy uchrashuv tashkilotchiligi ayrim muammolarni keltirib chiqaradi. Shuni inobatga olgan holda "Mashal" o'z tashabbusi bilan So'g'diyona klubiga taklif bilan chiqdi va 3-tur doirasidagi o'yinni Jizzaxga ko'chirishni Ligadan so'radi.

Har ikki tomon o'zaro kelishib olgani inobatga olinib, Superliga 3-turidan joy olgan "Mashal" - "So'g'diyona" bellashuvi Jizzax shahrida bo'lib o'tadi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: ЎзПФЛ