"Surxon" Dmitriy Pletnyovning ketganini e'lon qildi

Mirjalol Normatov
17 iyul 2025
"Surxon" matbuot xizmati Dmitriy Pletnyovning klubdagi taqdirini ma'lum qildi.

"Rossiyalik yarim himoyachi Dmitriy Pletnyov bir yarim mavsum davomida “Surxon” safida harakat qilgan va ikki tomonning o'zaro kelishuviga ko'ra jamoani tark etdi.

Hamkorlik davrida Pletnyov “Surxon” tarkibida 42 ta o'yinda maydonga tushib, “gol+pas” tizimi bo'yicha 6 (2+4) ochko jamg'ardi. Klubimiz Dmitriyga maydondagi fidoyiligi va professionalligi uchun minnatdorchilik bildiradi hamda keyingi faoliyatida omad tilaydi", - deb yoziladi klub bayonotida.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: pfcsurkhon.uz