Tailand. Sardor Mirzaev xet-trikka erishdi va jamoasi g'alaba qozondi

Narzulla Saydullayev
20 fev 2021
Bugun Tailand chempionatida 21-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.

Hamyurtimiz Sardor Mirzaev to'p tepayotgan "Muangtong Yunayted" klubi safarda "Ratchaburi"ga qarshi maydonga tushdi va 3:1 hisobida g'alabaga erishdi. Quvonarlisi o'yinda Mirzaev uchta gol urdi va xet-trik qayd etdi.

"Muangtong Yunayted" ushbu g'alabadan so'ng 34 ochko bilan musobaqa jadvalining 4-o'ringa chiqib oldi. Sardor Mirzaev bu mavsum hozirga qadar 10ta gol urishga erishdi.


"Ratchaburi" - "Muangtong Yunayted" 1:3
Gollar:
Poller 11 penalti - Sardor Mirzaev 6, 25, 66.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia