

Olingan ma'lumotlarga ko'ra, Temur Hakimov va Alisher Shog'ulomovning "Obod" bilan tuzgan shartnomalari o'z yakuniga etgan. Hakimov 2016 yilni "So'g'diyona" safida boshlab "Obod" tarkibida yakunladi. Mavsum davomida u 19ta o'yinda maydonga tushib 1ta gol urdi. Alisher Shog'ulomov esa o'tgan mavsumni "Andijon"da boshlab "Obod"da tugatdi. Shog'ulomov 22ta uchrashuvda ishtirok etib 1 bor raqib darvozasiga yo'l topdi.
Ikkala futbolchi ayni paytda erkin agent maqomida bo'lib turibdi.



