Temurxo'ja Abduxoliqov Xorvatiya oliy ligasida o'ynashga yaqin

Narzulla Saydullayev
31 yanv 2014
O'zbekistonlik hujumchi Temurxo'ja Abduxoliqov Xorvatiya oliy ligasida ishtirok etuvchi Splitning "Xayduk" klubi yig'inida ishtirok etmoqda.
Futbolchi jamoaning Antaliyadagi yig'iniga borib qo'shildi va dastlabki mashg'ulotlarini o'tkazishga ham ulgurdi.

Abduxoliqov jamoa murabbiylarida ijobiy taassurot qoldira olsa shartnoma tuzadi.

"Xayduk" ayni paytda Xorvatiya oliy ligasida 20-turdan so'ng 2-pog'onada bormoqda. Jamoaga hozirda sobiq futbolchi Igor Tudor murabbiylik qilmoqda. Split klubi olti karra Xorvatiya chempioni va olti karra Xorvatiya kubogi sohibi bo'lgan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia