MYUning hozirgi va sobiq muabbiylarini dushanba kechasida Uilmslouda joylashgan Cibo nomli italiyan restoranida birga ko'rishgan. "Yunayted" joriy hafta ikkita muhim bahsda ishtirok etadi - "Barselona"ga qarshi Evropa ligasi javob o'yini va "Nyukasl" bilan Angliya liga Kubogi finali.
Ten Xag ushbu uchrashuvga quyidagicha izoh berdi:
"Katta bilim va tajribaga ega bo'lgan insonlar bilan suhbatlashishni yaxshi ko'raman. U yordam berishni va qo'llab-quvvatlashni xohladi.
"Manchester Yunayted" - uning klubi ekanligini his qildim. Fergyuson klubga vafodor va MYUda doimo hammasi yaxshi bo'lishini xohlaydi. Kecha ajoyib o'tdi, intiqlik bilan keyingi uchrashuvni kutaman" - deydi ten Xag.
Izohlar