TEZKOR: Ishtvan Kovach YCHL o'yinlaridan chetlatildi

Ruminiyalik hakam Ishtvan Kovach ushbu mavsum YCHLning o'yinlarida ishlamaydi.

Gap shundaki, ushbu hakam YCHLning ¼ finali doirasida “Barselona” - “Atletiko” (0:2) uchrashuvida ishlagandi.

Aynan ushbu hakam bahsning ikkinchi bo'limida “Atletiko” darvozasi tomon penalti belgilashi kerak bo'lgan, biroq u bu holatga reakciya ko'rsatmagandi. Natijada “Barselona” hakamlik ustidan UEFAga arz qilgandi.

“Diario Sport” nashrining yozishicha, UEFA ushbu ishni ko'rib chiqqan va ruminiyalik hakamni YCHL o'yinlaridan chetlatgan. Endi u ushbu mavsum YCHLda boshqa ishlamaydi.


Manba: Diario Sport