Timur Kapadzening O'zbekiston terma jamoasidagi murabbiylar shtabiga belaruslik mutaxassis qo'shildi

Sherzod Nurmatov
17 mar 2025
Bu haqda O'FA matbuot xizmati malum qildi.

"O'zbekiston olimpiya terma jamoasida Timur Kapadze shtabida faoliyat olib borgan belaruslik mutaxassis Mixail Eramchuk milliy terma jamoada ham bosh murabbiyga yordam beradi", – deyiladi xabarda. 

Avvalroq Qirg'iz Respublikasi terma jamoasi bosh murabbiyi Maksim Lisicin O'zbekiston bilan uchrashuv oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashgan edi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasini oldinda JCH 3-saralash bosqichidan o'rin olgan Qirg'iz Respublikasiga qarshi muhim bahs kutib turibdi. Uchrashuv 20 mart kuni "Bunyodkor" stadionida 21:00 da boshlanadi.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Muqova: ЎФА матбуот хизмати

Izohlar

Жахонгир-9
18 mar
Бизда -футболда бир холат ранжитади-"Ўзиникини тикиштириш" бу холат качон бархам топар экан.Барибир олинган беларуслик фукаро хеч качон осмондаги ойни олиб бера олмайди.
MTJ, PAXTAKOR
17 mar
Nima bo'yicha yordamlashadi?
Jasur FCB
17 mar
Nasib Temur Kapatze olib chiqadi Qirgʻiziston va Eron niham yutadi Temur Kapatze
Tilla
17 mar
Хозирги составга тактика пактика керемас, шу у́йинни ютиш кере дийла, бу́лди ютади. Тренер пренерам керемас фалон пулга
Xojakbar Xaitov
17 mar
Канакаду тушунарсиз хавотир бор яхшиликка булсин