Tojikiston futzal terma jamoasi bosh murabbiyi: "Bugun kuchliroq jamoa g'alaba qozondi"

Абдулвосит Бектемиров
20 jul 2024
Futzal bo'yicha Tojikiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Payrav Vohidov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida

- O'zbekiston terma jamoasini bugungi uchrashuvdagi g'alaba bilan tabriklayman. Vaziyatlarga boy uchrashuv guvohiga aylandik. Ikki terma jamoa ham etarlicha imkoniyatlarga ega bo'ldi. Bugun kuchliroq jamoaga g'alaba qozondi.

- Tojikiston terma jamoasi o'z tarixida birinchi marotaba Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Tojikiston terma jamoasining guruhdagi raqiblari haqida fikr bildirib o'tsangiz? Tojikiston terma jamoasi Mundialda o'z oldiga qanday vazifa qo'ygan?

- Jahon chempionatiga tayyorgarlikning birinchi bosqichini boshlab oldik. Bugungi uchrashuv Osiyo chempionatidan keyingi dastlabki rasmiy uchrashuvimiz bo'ldi. Guruhimizda yaxshi raqiblar yig'ildi. Evropa chempioni, Afrika chempioni va Shimoliy Amerika chempioni. Maqsadimiz har bir uchrashuvda g'alaba qozonish. Vatanimiz shanini himoya qilish uchun borimizni beramiz.




Абдулвосит БектемировMaqola muallifi
Qopqoq: championat.asia

Izohlar

Bratello
20 jul 2024
Тожикистон зур уйнади, лекин тушунмаганим 8 ракамли уйнчи зур уйнавоттуди, негадир заменага чикиб, кайтиб тушмади