"Tottenxem", "Bavariya", PSJ va "Atletiko" jahon chempioni uchun kurashadi

Aslanov Jasurbek
18 iyul 2018
"Shtutgart" va Fransiya terma jamoasi himoyachisi Benjamen Pavar Yevropa klublarining e'tiborini tortdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, fransiyalikka qiziqish bildirayotgan klublar orasida "Tottenxem", "Bavariya", PSJ va "Atletiko" bor. Ayni damda "Shtutgart" bilan faol aloqada bo'lib turgan yagona klub "shporlar". Ular himoyachi uchun deyarli 50 mln. evro taklif qilishga tayyor.

Pavarning "Shtutgart" bilan shartnomasi 2019 yilning yozida yakuniga etadi, bitimdagi tovon puli 35 mln. evro. Nemis klubi o'z futbolchisini yana bir mavsum olib qolmoqchi.

Eslatib o'tamiz, Pavar jahon chempioni bo'lgan Fransiya terma jamoasida asosiy tarkib futbolchi edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: TEAMtalk