"Tottenxem" futbolchisi "Real"ga o'tishi mumkin edi
Omonjon To`xtamirzayev
26 fev 2024
"Sevilya"da ijarada harakat qilayotgan "Tottenxem" hujumchisi Alexo Veliz "Real"ga o'tishi mumkin bo'lgani haqida gapirdi.
"Agentim "Real" tomonidan qiziqish borligini aytgandi. Biz muzokaralar o'tkazib, kelishuvga erishishga urindik, ammo o'xshamadi. Bundan afsuslanib, siqilamanmi? Yo'q, buni normal qabul qilganman", - dedi Veliz.