"Tottenxem" Keynga "Bavariya"da tibbiy ko'rikdan o'tishga ruxsat berdi

Aziz Tukhtamuradov
11 avg 2023
"Tottenxem" Xarri Keynni "Bavariya"da tibbiy ko'rikdan o'tish uchun qo'yib yubordi, deb xabar berdi insayder Fabricio Romano.

"Bavariya" bugunoq hujumchining transferini rasmiylashtirmoqchi. 

Avvalroq Keyn "Tottenxem"ni tark etib, "Bavariya" safiga borib qo'shilish qaroriga kelgani haqida xabarlar tarqalgandi. Futbolchi myunxenliklar bilan 4 yillik shartnoma imzolaydi. 

Ushbu transfer orqali "Tottenxem" 100 million evrodan ortiq pul ishlab oladi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: twitter.com/fabrizioromano