"Traktorsozi" muxlisi Masud Shojayiga hujum qildi

Xayrulla Xoliqov
23 apr 2019
Eron chempionatining navbatdagi turida janjalli voqea ro'y berdi.

Gap shundaki, bu turda "Traktorsozi" o'z maydonida "Paykan" klubiga qarshi bahs olib borib 0:1 hisobida yutqazib qo'ydi. Mag'lubiyatga chiday olmagan ayrim muxlislar maydonga tushib futbolchilar bilan tortisha ketdi. 

Buning natijasida janjal chiqib, zo'ravon muxlislardan biri o'z jamoasi sardori Masud Shojayiga hujum qildi. O'z navbatida futbolchi ham qarshilik ko'rsatishga harakat qildi. Shuningdek, boshqa ishqibozlar ham maydonga tushib ketmoqchi bo'lishdi, lekin policiya o'z vaqtida xavfni bartaraf etishga ulgurdi. Bazi muxlislar esa janjal oqibatida hatto kasalxonaga yotqizildi.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: tehrantimes.com