Turkmaniston. "Arkadag'" ilk turdanoq peshqadamga aylandi

Оқил Абдубарноев
5 apr 2026
5 aprel kuni futbol bo'yicha Turkmaniston chempionatining birinchi tur bahslariga yakun yasaldi. Mavsumning dastlabki turi doirasida jami to'rtta uchrashuv bo'lib o'tdi.

Mamlakatning amaldagi chempioni "Arkadag'" jamoasi mavsumni ko'tarinki ruhda boshlab, "Merv" klubini 7:1 hisobida ishonchli tarzda mag'lubiyatga uchratdi va yirik g'alaba evaziga peshqadamga aylandi. O'z maydonida "Ashxabod" jamoasini qabul qilgan "Altyn Asir" klubi ham chempionatni muvaffaqiyatli boshlab, raqibi ustidan 4:1 hisobida ustun keldi.

Shuningdek, "Axal" klubi o'z uyida "Kopetdog'" jamoasini 5:1 hisobida yirik mag'lubiyatga uchratgan bo'lsa, "Shagadam" jamoasi "Nebitchi" ustidan minimal – 1:0 hisobida g'alaba qozondi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Championat.asia